Ismoiliylar

Ismoiliylar-VIII sr o’rtalarida Arab xalifaligida shia oqimi orasida shakllanib, X-XI asrlarda Yaqin va O’rta Sharqda keng tarqalgan diniy mazhab tarafdorlari. Mazhab shialarning imomi Ja’far al-Sodiqning katta o’g’li Ismoil nomi bilan bog’liq. Imom Ja’far katta o’g’li Ismoilni vorislikdan mahrum qilib, kichik o’g’li Muso al-Kozimni voris qilib tayinlangan keyin bundan norozi bo’lgan Ismoil tarafdorlari Ja’far vafotidan so’ng uning o’g’li Muhammad ibn Ismoilni imom deb tan olganlar. Keyingi davrlarda xalifalikda ko’tarilgan juda ko’p qo’zg’olonlar va taxt uchun kurashlarda ismoiliylar ta’limoti diniy niqob bo’lib xizmat qilgan.