ISTE’MOL SOLIG‘I

ISTE’MOL SOLIG‘I – bir necha mamlakatlardagi soliqlar guruhi, daromad sarf qilinayotgan paytda olinadi. Qo’shilgan qiymat solig’i va aksizlar ana shunday soliq tarkibiga kiradi. Bojxona bojlarini ham iste’mol soliqlari qatoriga kiritish mumkin. Bu soliqlarning ayrimlari davlat foydasiga olinsa, boshqa birovlari mahalliy budjetlarga borib tushadi.