IXTISOSLASHTIRISH

IXTISOSLASHTIRISH – 1. Faoliyatni biron-bir mashg’ulotga, kasb-hunarga yo’naltirish; ijtimoiy mehnat taqsimoti shaldlaridan biri. 2. Bironbir cheklangan sohada ma’lumot olish. 3. Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, sanoatda, qurilishda, qishloq xo’jaligida, xizmat ko’rsatish sohasida texnologiyani ixtisoslashtirish – faoliyatini muayyan mahsulot, buyum, detal ishlab chiqarishga yo’naltirish. Ishlab chiqarish ixtisoslashtirish – fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish ko’lami oshganligining ifodasi, uning samaradorligini oshirish va mehnat unumdorligini ko’tarishning eng muhim yo’llaridan biri.