Jag’albayli

Jag’albayli-o’zbek xalqi tarkibiga kirgan urug’lardan biri. O’rta asrlarda jag’albayli asli qabila bo’lgan, ammo o’zaro kurashlar natijasida yemirilib kichik-kichik guruhlarga bo’linib ketgan. Keyinchalik jag’albaylilarga mansub kishilar bir qancha qabila va xalqlar tarkibiga qo’shilib o’z nomini saqlab qolganlar. Jag’albaylilarning katta qismi Amir Temur va uning vorislari davrida (XIV-XV asrlar) Dashti Qipchoqdan Movarounnahr va Afg’onistonga ko’chib kelib o’rnashgan. XIX asr boshlarida o’zbeklarning qipchoq, nayman, qurama kabi qabilalari tarkibid uchragan. XIX asrning 70-yillaridan ularning katta bir qismi Afg’onistondan Samarqand hududiga kelib o’rnashgan. O’zbekiston hududida jag’albaylilar o’zbek xalqi tarkibiga kirgan.