JAHON BOZORI

JAHON BOZORI — xalqaro mehnat taqsimotida ishtirok etish bilan o’zaro bog’langan mamlakatlar o’rtasidagi barqaror tovar-pul munosabatlari tizimi. Jahon bozori tovar, mehnat, kapital va valyuta bozorlari majmuidan tashkil topadi. Jahon bozorida barcha mamlakatlar tashqi savdosining majmuini ifoda etadigan xalqaro savdo amalga oshiriladi. Jahon bozori xalqaro birjalar, savdo uylari, banklar, sug’urta kompaniyalaridan iborat bo‘lgan o’z infratuzilmasiga ega. Jahon bozori to’lovlar va hisob-kitoblar xalqaro pul vazifasini o’tovchi barqaror, erkin almashtiriladigan valyutalar, mas., AQSH dollari, Yaponiya ienasi va yevroda olib boriladi.