JAHON HAMJAMIYATI

JAHON HAMJAMIYATI — jahonda mavjud davlatlarning hozirda insoniyat oldida turgan global muammolarni hamkorlikda hal qilishda, umumiy maqsad yo’lida faoliyat ko’rsatishda birligini anglatuvchi tushuncha. Jahon hamjamiyati barcha davlatlarning suveren tengligi xalqaro huquqiy tamoyiliga asoslangan. Jahon hamjamiyati xalqaro huquqda tashkilot hisoblanmaydi. Jahon hamjamiyatini aks ettiruvchi universal tashkilot – Birlashgan Millatlar Tashkilotidir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 17-moddasida belgilanishicha, «O’zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to’la huquqli subyektidir». O’zbekiston Respublikasi o’zini Jahon hamjamiyatining bir qismi, deb biladi, u insoniyat oldida turgan muammolarni hal qilishda faol ishtirok etadi.