JAHON METEOROLOGIYA TASHKILOTI

JAHON METEOROLOGIYA TASHKILOTI (JMT) — xalqaro tashkilot, meteorologik tadqiqotlar va kuzatishlar bo’yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga yordam ko’rsatish hamda milliy meteorologik va gidrometeorologik xizmatlar ishini muvofiqlashtirish ishlarini olib boradi. 1947-yil sentabrda BMT huzurida tashkil etilgan. JMTga a‘zo mamlakatlar va hududlar soni 191 tani tashkil etadi (2013), O’zbekiston Respublikasi 1992-yil 23 dekabrda a‘zolikka qabul qilingan. JMTning oliy organi Jahon meteorologiya Kongressi bo’lib, 4 yilda bir marta chiqariladi. Ijroiya qo’mitasi 24 milliy xizmat direktorlaridan tashkil topgan va har yili kamida bir marta yig’ilish o’tkazadi. JMTning 6 mintaqaviy uyushmasi (Afrika, Osiyo, Janubiy Amerika, Shimoliy va Markaziy Amerika, Tinch okeanning janubi-g’arbi, Yevropa) yirik geografik mintaqalardagi xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtiradi. JMTning doimiy ishlaydigan organi – kotibiyat Jeneva (Shveytsariya)da joylashgan.