JAHON CHERKOVLARI KENGASHI

JAHON CHERKOVLARI KENGASHI — ekumen (xristianlik konfessiyalarini birlashtirish tarafdori bo’lgan) harakatning rahbar organi. Uch protestant harakati («E‘tiqod va tartib», «Hayot va faoliyat», Xalqaro missionerlik kengashi)ning qo’shilishi yo’li bilan 1948-yilda Amsterdamda jahon cherkovlarining 1-assambleyasida tuzilgan. Maqsadi cherkovlar o’rtasida diniy e‘tiqod sohasida mavjud bo’lgan tafovutlarni qiyosan o’rganib chiqish va amaliy faoliyat sohasida ularni birlashtirish yo’li bilan yagona xristian uyushmasini vujudga keltirish bo’lgan. Jahon Cherkovlari Kengashiga 110 ga yaqin mamlakatning 345 dan ortiq cherkovi kiradi. Qarorgohi Jeneva shahrida joylashgan.