JAMOA MULKI

JAMOA MULKI – madaniylashgan jamiyatda mulkchilikning bir shakli bo’lib, uning asosiy belgisi ishlab chiqarish vositalari va uning natijalariga jamoa-guruh tarzida egalik qilishdir. O’zbekistonda qabul qilingan mulkchilik to’g’risidagi qonunda ishlab chiqarish vositalari sifatida jamoa egalik qilishining kooperativ (jamoa), shirkat ijara, aksionerlik, konsern mulk shakllari mavjud bo’lishi ko’rsatilgan.