JAMOAT TASHKILOTI

JAMOAT TASHKILOTI — fuqarolik jamiyati institutlarining muhim shakllaridan biri bo’lib, o’z huquqlari, erkinliklarini hamda siyosat, iqtisodiyot, ijtimoiy rivojlanish, fan, madaniyat, ekologiya va hayotning boshqa sohalaridagi qonuniy manfaatlarini birgalikda ro’yobga chiqarish uchun birlashgan fuqarolarning xohish– irodalarini erkin bildirishlari natijasida vujudga kelgan ixtiyoriy tuzilma jamoat tashkiloti sifatida e‘tirof etiladi.