Javshan

Javshan (forscha-sovut, zirh)-qadimda va o’rta asrlarda jangchining badanini jarohatlanishdan saqlash maqsadida kiyiladigan sovutning nisbatan og’ir turi. Dastlabki vaqtlarda u jez (bronza)dan, keyinchalik temir va po’latdan ishlangan. Javshan bargsimon temir parchalaridan mayin halqa similar yordamida to’qilgan. Javshanni egiluvchan, bukiluvchan bo’lishi uchun, maxsus tayyorlangan metal taxtachalarni biriktirib ham yasaganlar. Yirik lashkarboshilar, sarkardalar uchun ba’zan maxsus Javshan to’qilgan. Miloddan avvalgi 1-mingyillikdayoq Markaziy Osiyo xalqlari jang paytida otlarga Javshan yopishgan.