Jek — temiryoʻl signalchisi boʻlib ishlagan maymun haqida bilasizmi?
Janubiy Afrika Respublikasi, 1881-yil. Xizmat halokatida ikkala oyogʻidan ayrilgan va noqulay protezlardan foydalanishga majbur boʻlgan temiryoʻl signalchisi Jeyms Uayd bozordan Jek ismli pavianni (ittumshuq maymun) sotib oladi va unga baʼzi narsalarni oʻrgatishga bel bogʻlaydi. Tez orada maymun nogironlar aravachasini surish, egasiga suv olib kelish va uning xonasini tozalashni oʻrganib oladi. Eng qizigʻi, u koʻp oʻtmay poyezdlar harakatini oʻzgartirish va temiryoʻl semaforini boshqarishni ham oʻziga kasb qiladi.
Jek oʻz vazifalarini aʼlo darajada bajarardi, biroq bu holat rahbariyatga yetib boradi va maxsus komissiya bu holat yuzasidan tekshiruv oʻtkazishga kirishadi. Tekshiruvdan soʻng temiryoʻl rahbariyati Jekning vazifalarni bajarish malakasi yuqori degan qarorga keldi va uni rasman ishga oldi — maymunga kuniga 20 sent va haftasiga yarim shisha pivo berilgan.
Jek bu ishda 9 yil ishladi va biror marta xato qilmadi. U 1890-yilda sil kasalligidan vafot etdi. Uning bosh suyagi hozirgacha davlat muzeyida saqlanmoqda.
