Jenner Eduard
Jenner Eduard (1749-1823) – ingliz vrachi, chin chechakka qarshi emlash usulining asoschisi. Sigir chechagi bilan og’rib tuzalgan sut sog’uvchilar chin chechak bilan og’rimasligini aniqlagan. 1769 yil 14 mayda 8 yashar Jeyms FIPS ismli bolaga sigir chechagini, bir yarim oydan keyin odam chechagini emlagan; bola chechak bilan og’rimagan. Bir necha oy va bir necha yildan keyin Fipsni yana qayta emlab chechakka qarshi emlash mumkinligini va juda yaxshi natija berishini isbotlagan. 1803 yilda Londonda chechakka qarshi emlash instituti (Jenner instituti) ochildi, Jenner umrining oxirigacha unga rahbarlik qilgan.