Jibilajibonsimonlar

Jibilajibonsimonlar (Mo tacillidae) — chumchuqsimonlar turkumining oilasi. 54 turi ma’lum. O’zbekistonda 15 turi uchraydi. Tanasining uzunligi 12-23 santimetr, og’irligi 20-30 gramm. Rangi har xil. Tumshug’i ingichka, to’g’ri. Oyoqlari ingichka, uzun, yerda yurishga va chopishga yaxshi moslashgan. Ko’pchiligi kelib-ketuvchi qushlar. Uyasi kosasimon bo’lib, uni o’simlik, hayvon junlaridan yasaydi va yerga, daraxtlar yoki binolarga quradi, 4-6 ta tuxum qo’yadi. Tuxumni modasi 12-16 kun bosadi. 14 kunda jo’jalari uchirma bo’ladi. O’zbekistonda oq jibilajibon (Motacilla alba), sariq jibilajibon (Motacilla fl ava) eng ko’p tarqalgan. Mayda umurtqasiz hayvonlar, asosan hasharotlar, migrasiya davrida esa o’simliklar urug’i va vegetativ qismlari bilan oziqlanadi.