Jibuti

Rasmiy nomi — Jibuti Respublikasi. Poytaxti — Jibuti. Hududi — 23200 km.kv. Aholisi – 500 mingdan ortiq (2012). Davlat tillari — fransuz va arab. Dini — islom. Pul birligi — jibuti franki. Geografik joylashuvi va tabiati. Jibuti shimoli sharqiy Afrikadagi davlat. Janubda va g‘arbda Efiopiya, shimolda Eritreya, janubi sharqda Somali bilan chegaradosh. Sharqda Aden ko‘rfazi bilan tutashgan. Jibuti hududi yassitogiar, choi va yarimcho‘llardan iborat. Iqlimi — quruq va issiq tropik. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi — prezidentlik respublikasi. Davlat boshlig‘i — prezident. Qonun chiqaruvchi Oliy organ bir palatali parlament — Milliy Majlis. Qonunchiligi fransuz va islom dini qonunlari asosida amalga oshiriladi. Asosiy siyosiy partiyalari: Taraqqiyot uchun Xalq Birlashmasi, Demokratik Yangilanish partiyasi, Milliy Demokratik partiya. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Mamiakat xo‘jaligining asosiy tayanchi uning strategik joylashuv o‘midir. Jibuti Afrikaning erkin savdo hududi deb e’lon qilinganligi uning portlari orqali xalqaro savdoning rivojlanishiga qulay sharoit yaratib bermoqda. Tarixi. XIX asming 2-yarmidan Obok portini egallagan fransuzlar Jibutini o‘z mustamlakalariga aylantirish harakatini boshlab yubordilar. 1886-yil mamiakat Somalining Fransuz qirg‘og‘i nomi bilan Fransiya mustamlakasiga aylantirildi. 1946-yildan Fransiyaning «dengiz ortidagi yerlari» nomini oldi. 1958-yil o‘tkazil- gan referendumda Jibuti xalqi mustaqillik uchun ovoz berdi. 1967-yil Fransiya bilan siyosiy va iqtisodiy aloqalami mustahkamlash maqsadida o‘zini «Afar va Issalar fransuz hududi» deb e’lon qildi. 1977-yil Jibuti o‘z mustaqilligini e’lon qildi. Shu yili Arab davlatlari ligasiga a’zo bo‘lib kirdi.