Jig’ildon qaynashi, me’da qaynashi, zarda qaynashi
Jig’ildon qaynashi, me’da qaynashi, zarda qaynashi — to’sh ostida va qizilo’ngach bo’ylab achishish sezgisi paydo bo’lishi, me’da suyuqlig’i aralashgan ovqat qizilo’ngachga chiqib, uning shilliq pardasiga ta’sir etishi Jig’ildon qaynashiga sabab bo’ladi. Odatda, me’da shirasida kislota ko’payganda ro’y beradi. Qizilo’ngach va me’da shilliq pardasining sezuvchanligi oshganda, me’da shirasidagi kislota miqdori o’zgarganda, dag’al ovqat yeyilganda, me’dadan shira chiqishini kuchaytiradigan moddalar iste’mol qilinganda ham jig’ildon qaynaydi. Gastrit, me’da-ichak yarasi, xolesistit, asabiy holatlar va boshqa kasalliklarda kuzatiladi. Jig’ildon qaynashida, albatta, vrach buyurgancha davolanish kerak, chunki turli dorilarni qadeb palapartish ichaverish me’da va qizilo’ngach shilliq pardasiga yomon ta’sir etishi mumkin. Jig’ildon qaynaganda sabzi yeyish yoki uning suvini ichish va gazi chiqarilgan Toshkent mineral suvini ichish yaxshi naf beradi. Asosiysi Jig’ildon qaynashiga sabab bo’lgan kasallikni davolash lozim.