Jogir, joygir
Jogir, joygir (fors. — joy ol) — Boburiylar saltanati davrida Hindistonda keng tarqalgan yer egaligi shakllaridan biri. Jogir egasi — jogirdor — Jogirdan undirilgan davlat solig’ining bir qismini olgan. Buning evaziga muayyan miqdorda qurollangan Jodi otliqlar, artilleriya va yuk tashuvchi hayvonlar saqlashi hamda ko’proq, sug’orish inshootlari qurishi va ularni ta’mir qilib turishi lozim bo’lgan. Jogir yerlari tez-tez almashtirib turilgan. 17-asrning 2-yarmidan boshlab Jogir yer egalarining xususiy mulkiga aylana boshlagan.