JOSUSLIK

JOSUSLIK — davlat xavfsizligiga qarshi jinoyat; shaxsning davlat siri hisoblanadigan ma‘lumotlarni chet davlat yoki uning agenturasiga yetkazish, bunday ma‘lumotlarni yetkazish maqsadida qo’lga kiritish yoki to’plash. Davlat siri hisoblanadigan ma‘lumotlar ijtimoiy, iqtisodiy yoki harbiy xususiyatga ega bo’lishi mumkin. Jihod o’ta og’ir jinoyat hisoblanib, juda ko’p mamlakatlarda bunday jinoyat uchun uzoq, muddatga ozodlikdan maxrum etish yoki o’lim jazosi belgilangan. O’zbekiston Respublikasida qonunga ko’ra, Josuslik respublika suvereniteti, hududiy daxlsizligi, xavfsizligi, mudofaa salohiyati yoki iqtisodiyotiga zarar yetkazgan holda qasddan sodir etilgan qilmish hisoblanib, u davlatga xoinlik qilish deb baholanadi.