Ka’ba

Ka’ba (Arab. — kub) — Islom dini- ning eng muqaddas ibodatxonasi, Musul- monlarning bosh sajdagohi. Saudiya Ara- bistonining Makka sh.da. Baytul xarom (Muqaddas uy), Baytulloh (Alloqning uyi) deb ham yuritiladi. Uni ziyorat qilish — haj va umraning asosiy amal- laridan biri. K. Harom masjidi (q. al-masjid al-harom)ning markazida joylashgan, bal. 15 m va poydevori 12×10 m o’lchamda toshdan qurilgan bino; me’moriy Yodgor- lik. K. burchaklari taxm. dunyo tomonlari yo’nalishida joylashgan. Sharqiy burcha- gi Asvod rukni («qora burchak») yoki oddiy rukn deb ataladi. Unga erdan taxm. 1,5 m balandda tokcha qilinib, «qora tosh» (Arabcha «Hajar al-Asvod») joylangan. U K.dagi asosiy tavof qilinadigan narsa, er yuzidagi odamlarga Alloh tomonidan yuborilgan, Alloh qudratining belgisi hisoblanadi. Hoz. vaktda u bir-biriga qo’shilib ketgan qora-qizg’ish tusdagi uch sinikdan iborat; meteorit degan taxmin bor. Shim. burchagi Iroq burchagi, G’arb burchagi — Suriya burchagi, Jan. burchagi esa — Yaman burchagi deb ataladi. K.ga qora mato (Kisva) qoplab qo’yiladi, ma- toga oltin va kumush harflarda xrshiya qilib K. va hajga taallukli oyatlar yozil- gan. Shim.-Sharqiy devorda 2 m cha baland- likda o’yma naqsh b-n bezatilgan kumush zanjirli eshik bor. K.ga chiqiladigan g’ildirakli zinapoya o’yma naqsh b-n, ku- mush qoplab jozibador bezatilgan. K. ichkarisida uchta ustun bo’lib, ko’pdan ko’p chiroq osilgan, sovg’a qilingan Qur’on nusxalari saqlanadi. Shim.- g’arbiy devorning tomidan tilla suvi yugurtirilgan tarnov ko’rinib turadi, u almizob yoki mizob ar-rahma deb ataladi. Shu tarnov b-n g’arbiy burchak oralig’i qibla hisoblanadi. K.ni tosh yotqizilgan yo’lka o’rab turadi. Bu yo’lkadan ziyorat- chilar yurib aylanib o’tishadi (tavof qilishadi). Eshik ro’parasida Ibrohim maqomi bor, u tosh inshoot bo’lib, K.ni tiklayotganda Ibrohim (as) shu toshda turgan deydilar. Toshda odam izlari ko’rinadi. «Qora tosh» yaqinida muqaddas Zamzam bulog’i bor. K. islomdan ilgari ham Arab qabilalarining muqaddas ibodatxonasi hisoblangan, unda qabila xudolarining 360 sanami saqlangan. Har yili Arab qabilalari K.ga haj qilishga kelib tur- ganlar. Haj qilish odati keyinchalik is- lomga ham o’tgan. K. ibodatxonasining qurilishi haqida turli rivoyatlar bor. Aytishla- richa, Odamato Baytullohni bunyod etgan, keyin uning o’g’li Shis qurgan. To’fon paytida K. havoga ko’tarib qo’yilgan. Keyin yana buzilgan. Ibrohim (as) Mak- kaga o’z o’g’li Ismoilni olib kelganda Alloh unga K. poydevorini tiklash- ni buyurgan. Ibrohim Alloh amrini bajargan va Allohga sig’inuvchi barcha odamlarga uni ziyorat qilishni vasiyat etgan. K.ga keyin Makkaning Jurhum, xuza, Quraysh qabilalari navbatma-na- VBAT qarab turishgan. K. bir necha bor sel va toshqinlardan zarar ko’rgan. Rivoyat qilishlaricha, Muhammad (sav) bu erda ta’mirlash ishlarida qatnashgan va o’sha vaqtda birinchi bor unga vahiy kelgan. K. Yasrib (Madina)da qibla deb e’lon qilingach (bungacha Quddusga qarab ibodat qilinar edi), uning ahamiyati juda oshib ketdi. K. Islomning din sifatida shak- llanishida katta rol o’ynadi. K.ni din- sizlardan ozod qilish va uni sanamlar- dan tozalash Muhammadning zimmasiga tushdi, ungacha bu vazifani Ibrohim (as) bajargan edi. Muhammad boshchiligidagi musulmonlar 629 y. Makkaga kichik haj qilishdi, 630 y. Makkani egallashdi va K. atrofidagi sanamlar, uning ichida- gi Xubal deb atalgan butni, yozuvlarni yo’q qilishdi. Shu yili Abu Bakr (ra) rahbarligida birinchi haqiqiy Musul- mon haji ado etildi. Butparastlarga haj qilish man etildi. 631 y. Muhammad oxirgi marta haj ziyoratchilariga bosh- chilik qildi. Xalifa Umar (ra) davrida K. yoni- dagi uylar buzib tashlandi va uning atrofida harom masjidi qurildi. 683 y. K.ni Umaviy qo’shinlari o’qqa tutdi. Keyin u kayta tiklanib, kengaytirildi. 929 y. Makkani qarmatlar bosib oldi va «qora tosh»ni olib ketishdi. Oradan 20 y. o’tgach, bu toshni qaytarib olishga muvaffaq bo’lindi. Asta-sekin K. teva- ragida turli inshootlar, jumladan, aso- siy musulmon mazhablarining minbar- lari tiklandi. Ular Saudiy hukmdorlar 20-a.ning 50-60-y.larida olib borgan katta ta’mirlash vaqtida olib tashlan- Di. 1980 y. Makkadagi masjid va K.ni bir guruh ekstremist isyonchilar bosib oldi. 2 haftadan so’ng masjid tozalanib, isyonchilar tor-mor qilindi. K. butun dunyo musulmonlarining eng muhim markazi va birligi ramzi bo’lib keldi, hozir ham shunday bo’lib turibdi. Islom dinidagi barcha oqimlar uning muqaddasligi va alohida rolini tan ola- dilar. Har yili dunyoning hamma chekka- laridan musulmonlar haj ibodatini ado etish uchun bu erga keladilar.