KABEL
KABEL (gollandcha kabel — arqon, tros) — germetik himoyalangan qobiq ichiga joylashtirilgan bir yoki bir necha izolyasiyalangan simlardan iborat material. Kuch, aloqa va radiochastota Kabellari, nazorat (tekshirish), o’lchash Kabeli. va boshqa xillari bor. Bulardan tashqari, gaz va moy to’ldirilgan Kabel ham bo’ladi. Kabel ko’pincha mis yoki alyuminiydan, kamdan- kam po’lat-mis va po’lat-alyuminiydan tayyorlanadi. Vazifasiga ko’ra, bir yoki ko’p simli, doira va shakldor bo’ladi. Izolyatsiyalashda maxsus qog’oz, rezina, plastmassa va boshqalar ishlatiladi. Simlarni nam va kimyoviy moddalar ta’siridan himoya qiluvchi qobiq qo’rg’oshin, alyuminiy, plastmassa yoki rezinadan tayyorlanadi. Kabelni mexanik ta’sirlar, korroziyalardan saqlash uchun ularga po’lat lentalar yoki sim (zir) lar o’raladi va ularning ustidan plastmassa yoki qog’oz lenta, jut va bitumlar qoplanadi. Kuch Kabeli bilan elektr energiyasi uzatiladi va taqsimlanadi; 1, 2, 3 (ko’p tarqalgani) va 4 simli bo’ladi. Bunday Kabelning tok o’tkazadigan simlari mis yoki alyuminiydan tayyorlanib, sirti moykanifol modda yoki mineral moy shimdirilgan Kabel qog’ozi, rezina yoxud plastmassa bilan qoplanadi. Odatda, kuch Kabelining qobig’i qo’rg’oshin, alyuminiy yoki plastmassadan koplanadi, qobiqusti esa Kabel ipi va metall zirh bilan o’raladi. Harakatlanuvchi ob’yektlar (parmalash mashinasi, ekskavator, ko’targichlar) ga elektr energiya keltiriladigan Kabel egiluvchan qobiqlar bilan qoplanadi. Aloqa Kabeli simli aloqada ishlatiladi. Tuzilishiga ko’ra, simmetrik va koaksial Kabel, chastotalar spektri bo’yicha past chastotali (10 kgs) va yuqori chastotali (10 kgs dan yukrri) xillarga bo’linadi. Bulardan tashqari, shaharlararo aloqa Kabeli va mahalliy (shahar va qishloq ichidagi stansiyadan boshqariladigan, shaxta ichida va boshqalar), yer osti (zovurga yoki Kabel kanalizatsiyasi inshootiga yotqiziladigan), havodan tayanchlar orqali va suv ostidan (daryo, dengiz va okean tublariga joylashtirib) o’tkaziladigan xillari bor. Aloqa Kabeli telefon va telegraf aloqada, televideniye va boshqalarda qo’llaniladi. Radiochastota Kabeli bilan radio va videosignallar uzatiladi. Radiochastotali koaksial Kabel, radiochastotali simmetrik Kabel, spiral Kabel (spiralsimon ichki utkazgichli koaksial) xillarga bulinadi. Radiochastota Kabeli orqali uzatiladigan signal chastotalari YukGs dan YugGs gacha boradi. Radiochastota Kabeli radiotexnik va elektron apparaturalarning elementlarini o’zaro tutashtirishda, bu apparaturalarni uzatuvchi va qabul qiluvchi antennalarga ulashda qo’llaniladi.