Kabel (simarqon)

Kabel (simarqon) – bir-biridan ajratilgan bir yoki bir nechta o’tkazgichlar konstruksiyasi yoki g’ilofga o’ralgan optik tolalar. O’tkazgichlar va izolyatsiyaga qo’shimcha ravishda kabelda ekran, yadro, to’ldirgich, po’lat yoki simli zirh, metall qobiq, tashqi qobiq bo’lishi mumkin. Masalan: tasmasimon simarqon, yer osti aloqa kabeli, simli kabel, payvandlash simarqoni, elektr kabeli va hokazolar.