KABELLI TELEVIDENIYE

KABELLI TELEVIDENIYE – televizion ko’rsatuvning xususiy tizimi; bunda televizion signallar foydalaniladigan antennaga bevosita ulanadigan yuqori chastotali kabel bo’yicha uzatiladi va bu signallarni oddiy televizorlar qabul qiladi. Ko’pincha (ayniqsa, tijorat maqsadlarida), Kabelli televideniye ko’rsatuvlari shunday kodlab qo’yiladiki, ularni qabul qilish uchun qo’shimcha dekodlovchi qurilma o’rnatishga to’g’ri keladi. Bu qurilmani ayni televizion kanal egasi hisoblangan firma o’rnatadi. Kabelli televideniye ko’rsatuvlari vaqt va hudud jihatdan cheklangan bo’ladi.