Kabo-Verde
Rasmiy nomi — Каbо-Verde Respublikasi. Poytaxti — Praya. Hududi — 4033 km.kv. Aholisi — 433462 kishi dan ortiq (2012). Tili — portugal. Dini — katoliklar (98%). Pul birligi — Kabo Verde eskudosi. Geografik joylashuvi va tabiati. Afrikaning g‘arbiy qirg’og’ida joylashgan davlat. Santyagu, Fogu, Mayu, Santu-Antan, Boavishta va boshqa orollar asosan vulqonlardan hosil bo‘lgan. Qirg‘oqlari tik va qoyali, qulay tabiiy gavanlari kam. Relyefi asosan tog‘li. Eng baland cho‘qqisi — Fogu vulqoni 2829 m. Iqlimi — tropik, passatli. Daryolari kam, bot-bot qurg’oqchilik bo‘lib turadi. 0‘simliklar cho‘l va chalacho‘lga xos. Hayvonot turlari oz. Dengiz qushlari ko‘p.Davlat tuzilishi va siyosiy partiyalari. Kabo-Verdening amaldagi konstitutsiyasi 1992-yilda qabul qilingan. Davlat boshlig‘i — prezident. Ijroiya hokimiyatni prezident va Bosh vazir boshchiligidagi hukumat boshqaradi. Siyosiy partiyalari: Demokratiya uchun harakat, Kabo-Verde mustaqilligi Afrika partiyasi, Sotsial-demokratik partiyasi. Iqtisodi, transport kommunikatsiyalari. Iqtisodning rivojlanmaganligi mamlakatda tabiiy resurslarning kamligi bilan bog’liq. Savdo dengiz va havo transportiga xizmat ko‘rsatish YMMning 67% ini tashkil etadi. Iqtisodning asosiy tarmog’i baliqchihk. Asosiy savdo hamkorlari: Portugaliya, Ispaniya, AQSH, Fransiya. Temiryo‘llari yo‘q, avtomobil yo‘llarming umumiy uzunligi — 2250 km. Asosiy porti — Mindelu. Tarixi. 1456-yilda portugallar tomonidan kashf etilgan Yashil burun orollari 1494-yili Portugaliya mustamlakasiga aylangan. 1585-yilda uni Ispaniya egallab oldi, 1640-yilda esa yana Portugaliya qo‘l ostiga o‘tdi. 1951-yilda Portugal iyaning dengiz ortidagi viloyati maqomini olgan. Kabo-Verde 1975-yili mustaqillikka erishgan. Milliy bayrami — 5-iyul — Mustaqillik kuni.