KABVE

KABVE (1967 yilgacha Broken-Xill) — Zambiyadagi shahar. Markaziy Provintsiyaning ma’muriy markazi. Aholisi 170 ming kishidan ziyod (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. Qo’rg’oshin, rux, vanadiy olinadi va eritiladi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash markazi (makkajo’xori, tamaki, go’sht chorvachiligi). Shahar 1902 yilda polimetall rudalar konining ishga tushirilishi munosabati bilan qurila boshlagan. Kabvedagi konlardan birida qadimgi odamning kalla suyagi topilgan (1921).