Kachin tili

Kachin tili — kachinlar tili. Xitoy-Tibet tillari oilasining Tiber-birma guruhiga mansub. Myanmadagi Kachin milliy okrugi va XXRda tarqalgan. Myanmadagi Kachin tili 3 shevaga ega: gaori, shimoliy Kachin tili va Janubiy Kachin tili. Xitoydagi Kachin tili ham 3 shevaga ega: kxum, Padan va mungji. Ular bir-biridan fonetik va grammatik jihatdan farq qiladi. Kachin tilida 31 ta undosh va 7 ta unli tovushlar bor. Kachin tilida, asosan, 2 bo’g’inli so’zlar ko’p. 3 va 4 bo’g’inli so’zlar ham uchraydi. So’z yasashda prefikslar ko’proq qo’llaniladi. Gaplar so’z tartibi va sintaktik belgilari bilan ifodalanadi. Yozuvi lotin alifbosi asosida.