KADIVAR
KADIVAR — O’rta Osiyoda ilk o’rta asrlarda iqtisodiy jihatdan boy tabaqaga butunlay qaram bo’lgan shaxs. Zamindorlar qishloqlarda o’z tazyiq doiralarini kengaytirib, bora-bora ziroatkor aholi ustidan hukmronlik qila boshlagan. Shuning uchun ham ular ilk o’rta asrlarda «dehqon», ya’ni «qishloq hokimi» nomi bilan Shuhrat topgan. Ularga qaram kishilar «Kadivar», ya’ni «qishloq qo’rg’onlarida yashovchilar», deb atalgan. Qishloq jamoasi ichida o’z erkidan mahrum bo’lgan Kadivarlar paydo bo’lgan. Sug’d, Xorazm va Toxaristonda dehqonchilik qiluvchi mahalliy aholining kattagina qismi qaram Kadivarlarga aylangan. Kadivarlar bu davrda O’rta Osiyodagi asosiy ijtimoiy tabaqa hisoblangan.