KAGAROV FARRUX ABDULLAYEVICH

KAGAROV FARRUX ABDULLAYEVICH (1937.23.11 — Toshkent — 2001.21.1) — grafik rassom, plakatchi; O’zbekiston xalq rassomi (1989). Toshkent pedagogika institutining badiiy grafika fakultetini tugatgan (1959). Asosan, siyosiy plakat, kitob bezagi va hajviy janrlarda ijod qildi. Ijodida tinchlik mavzui yetakchi o’rin tutadi; hajviy asarlari «Mushtum» jurnalda bosilgan. 80-yillar oxiridan manzarali rangtasvir bilan shug’ullandi. «Mushtum» jurnal Tahrir hay’ati a’zosi (1986 yildan). O’zbekiston rassomlar uyushmasi Plakatchilar sektsiyasi raisi (1965-77 va 1982-86). Hamza nomidagi O’zbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).