Kahrabo

Kahrabo — tabiiy organik bi- rikma, igna bargli daraxtlarning qazilma smolasi. Kimyoviy formulasi S40N64O4. Oltingugurt qo’shimchalari bor. Mo’rt. Qattiqligi 2,0—2,5. Zichli- gi 1000-1100 kg/m3. Tarkibi 76-81% uglerod, 10-10,5% vodorod, 7,5—13% kislorod, shuningdek, bir oz oltingu- gurt va azotdan tashkil topgan. Rangi turli tusli: sariq, qizg’ish jigarrang, bir oz yashil. Smolasimon yaltiraydi. Shaffof va yarim shaffof. Yaxshi Ji- lolanadi, movutga surkalsa elektrlana- Di. Yonganda xushbo’y hid tarqatadi. K. ichida o’simlik va hasharot qoldiqlari bo’lishi mumkin. Bunday xillaridan tayyorlangan taqinchoq va yodgorliklar yuqori baholanali. Eng yirik konlari Boltiqbo’yi mamlakatlarida paleogen va neogen davri jinslarida, Belorussiya, Ukraina, shuningdek, Polsha, Daniya, Shvesiya, Angliya, AQSh va b. joylarda bor. Dunyodagi eng yirik K. koni Kali- ningrad yaqinida. Past sifatli K.dan oz miqdorda kahrabo kislotasi, yog’i, tib- biyotda ishlatiladigan preparatlar, lok, zamazka olinadi. K.dan qadimda taqinchoq va b. zeb- ziynat buyumlari tayyorlangan. K.ning eng yaxshi turlari qimmatbaho tosh. Shu- ningdek, K. noyob imoratlarni bezashda ishlatiladi.