KAKAYDI
KAKAYDI — Jarqo’rg’on tumanidagi shaharcha (1942 yildan). Kakaydi neft koni ishchilar shaharchasi negizida tashkil topgan. Viloyat hududining Janubda, Surxondaryoning chap ko’hna qayiri (terrasasi)da, Kakaydi kanali bo’yida joylashgan. Jarqo’rg’on temir yo’l stantsiyasidan 15 kilometr. Aholisi 6,5 ming kishi (2002). Umumiy ta’lim maktabi, kasb-hunar kolleji, kasalxona, deqqon bozori, avtokorxona, madaniyat va istirohat bog’i, savdo va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari bor. Kakaydi bilan viloyat markazi Termiz shahri orasida avtobus qatnaydi.