KAKKU YO’SINI

KAKKU YO’SINI, kakku zig’iri (Polytrichum commune) — barg-poyali yo’sinlarning bir turi. Bo’yi 40 santimetrcha. Poyasining uchida kakkuga o’xshash qalpoqchali spora qutichasi (sporangiy) bo’ladi. Botqoq va zax yerlarda o’sadi. O’zbekistonda ariq chetlarida, tosh va qoyalarda, daraxt po’stloqlarida o’sadi. Kakku yo’sinidan ba’zan devorlarga va mebelga tiqishda foydalaniladi.