Kal, parsha, favus

Kal, parsha, favus — terining zamburug’kasalligi; ko’pincha boshning sochli qismi, teri va tirnoq zararlana- Di. Sog’lom odamga bemordan yoki uning buyumlari (bosh kiyimi, tarog’i va b.)dan foydalanganda, ba’zan hayvonlar (mu- shuk, kalamush, sichqon va b.)dan yuqishi mumkin. Aksariyat, yosh bolalar kasalla- nadi. Dastlab boshning sochli qismida katta-kichik, sarg’ish qasmoq bosgan joy- lar uchraydi. K. zamburug’lari soch xalta- chasi va sochga zarar etkazadi. Soch xira tortib, chang bosganga o’xshaydi, kulrang tusga kiradi, mo’rt bo’lib qolib, to’kila boshlaydi. Keyinchalik oqish kepakka o’xshagan po’stchalar yoki sarg’imtir qasmoq b-n qoplanadi. Qasmoq kun sayin ko’paya borib, boshni butunlay qoplab olishi, ba’zan qobiq osti yiring boylashi mum- kin. Vaqtida davo qilinmasa, qasmoq ostidagi teri chandiqqa aylanib, umrbod soch chiqmaydi. Bemor boshini qashishi natijasida K. zamburug’lari tirnoqqa va ular orqali terining boshqa qismlariga ham yuqishi mumkin. Teri kasallanganda gavdaning turli qismida qasmoq bos- gan joylar paydo bo’ladi. Kasallangan tirnoq qalin tortadi, dag’allashadi, bora-bora yumshab, uvalanib ketadi. Ka- sallikning oldini olish uchun gigiena qoidalariga qatiy rioya qilish talab etiladi. Bemorni sog’lom kishilardan AJ- ratib, asosan, kasalxonada davolanadi. It, mushuk, sichqon, qushlar, sichqonsimonlar, ba’zan ot va qoramollarning ham K. b-n ofishi kuza- tiladi.