KALAM APUL PAKIR JAYNULOBIDDIN ABDUL

KALAM APUL PAKIR JAYNULOBIDDIN ABDUL (1931.15.10, Rameshvaram) — Hindiston davlat arbobi. Madras texnologiya institutini tugatgan (1957). 1958 yildan Hindiston mudofaa vazirligiga qarashli ilmiy tadqiqot tashkilotida katta ilmiy yordamchi, 1962 yildan Hindiston Kosmik tadqiqotlar qo’mitasida turli lavozimlarda ishladi. 1982 yildan Hindiston mudofaa sanoagining Haydaroboddagi tadqiqotlar tashkiloti direktori, 1998 yildan texnologik axborot, bapyu-rat va baholashlar bo’yicha ksngash raisi, Hindiston hukumatining yadro masalalari bo’yicha bosh ilmiy maslahatchisi. 2002 yil 25 iyuldan Hindiston Respublikasi prezidenti. Kalam kosmik tadqiqotlar, yadro va raketa dasturlari bo’yicha olim va mutaxassis. Hindiston Milliy Fanlar Akademiyasi va aerokosmos jamiyati a’zosi. Mudofaa sanoati buyurtmasi bo’yicha bajarilgan besh asosiy loyiha muallifi.