Kaldera
Kaldera (ispancha kaldera – doshqozon) – vulkan tepasidagi cho`zinchoq yoki yumaloq chuqurlik. Diametri 10-20 km gacha chuqurligi bir necha yuz m gacha bo`ladi. Vulkan bo`g`zidan gaz portlab, otilib chiqishi yoki vulkan so`ngandan keyin g`ovak jinslarning o`pirilib tushishi oqibatida paydo bo`ladi.