KALE

KALE — Frantsiyaning shimoliy qismidagi shahar. Pade-Kale departamentining ma’muriy markazi. Aholisi 76 ming kishidan ziyod (1990- yillar o’rtalari). Xalqaro ahamiyatga ega transport yo’llari tuguni. Pade-Kale bo’g’ozidagi port. Kaledan dengiz yo’li orqali Buyuk Britaniyaga yo’lovchilar tashiladi. Mashinasozlik, kimyo, oziq- ovqat sanoatlari rivojlangan. Qadimdan to’r (krujeva) to’qiladi, kashta tikiladi. Shaharga 9-10-asrlarda asos solingan. 13-asrdan boshlab Angliya bilan Frantsiya o’rtasidagi savdo aloqalarida muhim ahamiyatga ega bo’lgan. 14-16-asrlarda shahar inglizlar qo’l ostida bo’lgan.