Kaliforniy

Kaliforniy (Californium), Cf -Mendeleev davriy sistemasining III guruhiga mansub sun’iy radioaktiv ki- myoviy element. AQSh Kaliforniy unti va shtati nomiga qo’yilgan. Tartib raka- mi 98; aktinoidlarga kiradi, K.ni 1950 y.da amerikalik olimlar S. Tompson, K. Strit, A. Giorso va g. Siborglar olgan. Barkaror izotoplari yo’q. Ular o’ta og’ir, uglerod, azot va kislorod atomlari b-n yadro reaktorlarida sintez qilingan. Massa soni 240-256 ga teng bo’lgan 17 izotopi ma’lum: 244Cf (T1/2=25 soat), 245Cf (T =45 soat), 246Cf(T =35,7 soat), 247Cf(T1/2=2,4 soat), 248Cf(Tl/2=250 kun) va b., yarim parcha- lanish davri ko’proq bo’lgan izotoplari: 249Cf(T =352 y.), 251Cf(T|/2=900 y.) va 252Cf(T|/2=264 y.). K.ning oksidlanish darajasi +2, +3, turg’unrog’iniki +4; Poling bo’yicha elektr manfiyligi 1,2. K. o’ta uchuvchan metall. Ikki shakl o’zgarishiga ega; 600° dan past t-Rada gekso- gonal panjarali turg’un a-shaklda bo’lib, 600-725°da kubsimon panjarali turg’un shaklga o’tadi. Suyuqlanish t-rasi 900°, qaynash t-rasi 1227°. Kimyoviy xossala- riga ko’ra, K. lantanoidlarga uxshaydi. 1450° da vodorod oqimida qizdirilganda kubsimon monoklin Cf2O3 shaklga o’tadi. Yadro reaktorlarida Pu, Am yoki Cm larni uzok, muddat kuchli neytronlar b-n nurlash natijasida K. izotoplari olinadi. K.ning massa soni 249-254 bulgan aralashmasida, odatda, 60-90% gacha 252Cf buladi. Termoyadroviy port- lash natijasida hosil qilingan K. 25lCf va 252Cf izotoplariga anchagina boy. Eski 249Vg preparatidan o’ta sof 249Cf ajratib olinadi. K.ning engil (Neyt- Roni kamchil) izotoplarini, odatda, a-zarrachalar b-n nurlantirib yoki og’ir ionlar yadro reaktsiyalarida, mas, Th, ionini kislorod yoki uran b-n bombar- Dimon qilib olinadi. K. izotoplarini ekstraktsiya, ion almashinuv va ekstrak- tsiya-xromatografiya usullari b-n ajra- tib olinadi. K. metali uning oksidlari yoki lantanoidlarini litiy ftorid b-n qaytarib olinadi. 1g K. olish uchun 10 kg 239Ri sarflanadi. 252Cf aktivasion analizda, defektoskopiya, neytron Kare- tajida, neft qidirishda, tibbiyotda va b. sohalarda qo’llaniladi. K. va uning birikmalari o’ga zaharli.