Kaliforniya vodiysi

Kaliforniya vodiysi –AQShning Janubiy-g’arbidagi botiq. Sharkda Serra-Nevada va g’arbda qirg’oqbo’yi tizmalari bilan chegaralangan. Uzunligi 800 kilometr, kengligi 80 kilometrgacha. Maydoni 47 ming km2. Kelib chiqishiga ko’ra, tektonik bukilma. Yer yuzasi tekis, balandligi 20-160 metr. Qalin cho’kindi jinslar bilan qoplangan. Asosiy daryolari — Sakramento va San-Xoakin. Bahorda to’lib oqadi. Iqlimi subtropik, o’rta dengiz tipli, kontinental. Yillik o’rtacha yog’in 150 mm dan (shimolda) 1000 mm gacha (Janubda). Subtropik dasht va chala cho’l landshafti ustun. Sug’orish kanali ko’p. Mevachilik va tokchilik, dehqonchilik rayoni. Janubda chorvachilik rivojlangan. Yirik shaharlari — sakramento, Stokton, Fresno. Janubda katta neft konlari bor (1860 yildan neft olinadi).