Kaligi
Kaligi (lotincha caligae-etik)-qadimgi rimlik askarlarning baland oyoq kiyimi, barmoqlar ochiq qolgan. Boldirni yarmigacha yopib turgan. Charmdan ishlangan, bog’ichlari ba’zida tizzagacha yetgan. Uzoq muddatli yurishlarda juda qo’l kelgan. Zodagonlar kiygan Kaligilar kumush va oltin shiplar bilan bezatilgan.