KALIY NITRAT

KALIY NITRAT, kaliyli selitra, KNO3 — nitrat kislotaning kaliyli tuzi, rangsiz kristall. Suyuqlanish temperaturasi 334,5°. Suyuqlanish temperaturasidan yuqori haroratlarda kislorod ajralib, avval KNO2, keyin K2O gacha parchalanadi. Kaliy nitratning organik moddalar bilan aralashmasi oson alangalanadi va yonadi. Suvda eruvchanligi (100 grammda gramm hisobida): 31,0 (20°), 243,6 (100°). Suvdagi to’yingan eritmasining qaynash tempeaturrasi 118°. Kaliy nitrat NaNO3 KC1 o’rtasidagi almashinish reaktsiyasi yordamida olinadi. Pirotexnikada, qora porox tayyorlashda, gugurt, shisha ishlab chiqarishda, qishloq xo’jaligida, go’sht mahsulotlarini konservalashda ishlatiladi.