Kallak (kalla, bosh qism)
Kallak (kalla, bosh qism) – 1) svayning yuqori uch qismi; 2) ustunning tepa qismi bo’lib, bu qismga ustki konstruksiya tayanadi; 3) ustunning tepa, bezatilgan qismi, boshi. Kallak ko’pincha yog’ochdan ba’zan sopoldan, toshdan yasaladi. Kallak turlaridan mahalliy me’morlikda keng tarqalgani-kalla muqarnas. Masalan: qoziq kallagi, qoziq qoquvchi to’qmoq kallagi va hokazolar.