KALLAKLASH

KALLAKLASH — keksaygan meva daraxtlarini yoshartirish (hosil berish davrini uzaytirish); 6-10 yillik asosiy shoxlarni 1 -1,5 metr yuqorisidan, ayrimlarini tanaga taqab kesish. Asosan, daraxtlarning tinim davri (Fevral—mart) da o’tkaziladi. O’rik, shaftoli, tut daraxtlarida yaxshi natija beradi. Poya olib turish uchun ekilgan tol va boshqa daraxtlar har 2-3 yilda erta bahorda, tut pilla qurti boqish uchun barg beradigan tut daraxtlari xar yili kallaklab turiladi.