Kalom
Kalom (Arab. — ravon nutq, jumla, ran, so’z) — Islom ilohiyot ilmi. 8-a.da Arab xalifaligida paydo bo’lgan. K. Islom diniy ta’limotini asoslashga harakat qiladi. K. taraf- dorlari muta-kallimlar deyiladi. K. ilohiyotchilari faylasuf bo’lmaganlar. K. umaviylar hukmronligi davrida rasmiy hokimiyat b-n xorijiylar, shi- alar, murji’iylar va b. diniy-siyosiy guruxlar orasida yuz bergan ijtimo- iy-siyosiy voqealar, bahslar jarayonida paydo bo’ldi va taraqqiy qildi. Siyo- siy kurash diniy shiorlar ostida olib borilganligi sababli Alloh adolati (adl), mavjud voqelik Alloh tarafidan yaratilganmi va uni o’zgartirish mumkin- mi (qadar), kimni imonli yoki gunohkor deb hisoblab, jazolash kerak (imon) va h.k. dolzarb masalalar edi. K.ga xos US- lub va mavzular majmui birinchi bor al-Ja’d ibn dirham (742 y. qatl etil- gan) ijodida kuzatiladi. U uslubda do- imo aql-idrokka tayanish talabini ilga- ri surdi va faqat inson aqli ojizlik qilgan hollardagina Qur’on oyatlarini ramziy-majoziy ma’noda talqin qilish (ta’vil) mumkin, deb hisobladi. Jahm ibn Safvon (745 y. qatl etilgan), Abul- Huzayl (841 yoki 849 y.v.e.) va Bishr ibn al-Mu’tamir (825 y. dan so’ng vafot et- gan) uning g’oyalarini rivojlantirdi- lar. Jahmning qarashlari mu’taziliy- larga yaqin bo’lgani bois, odatda, bu ikki ta’limotni bir-biridan farklamaydi- lar. K. tarixida mu’taziliylar maktabi ta’limoti muhim o’rin egallaydi. Ular- ning ta’limoti al-Ma’mun (827-848) davrida «davlat ta’limoti» daraja- siga ko’tarilgan bo’lsa, al-Mutavakkil (847-861) davrida ta’qibga uchradi. Ma’lum vaqtgacha sunniylikda Mu’ta- ziliylarning falsafiy dalillariga qarshi kurashda g’oyaviy qurol rolini o’ynashi mumkin bo’lgan aqrid tizimi mavjud emas edi va faqat Qur’on hamda xadislarga havola qilish b-n cheklani- lardi. Aynan mu’taziliylar o’zlarining mantiqiy-falsafiy isbotlash uslubla- ri b-n haqiqiy Islom yo’li shakllani- shiga bevosita ta’sir ko’rsatdi. Bunday tizim 10-a. ga kelib ishlab chiqildi va uni K.ni aqidaparastlar b-n murosa- ga keltirishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan al-Ash’ariy (873— 935) va al- Moturidiy (870-944) amalga oshir- Di. Natijada K.ning ash’ariya va mo- turidiylik maktabi vujudga keldi. Al-Boqiloniy (1013 y.v.e.), al-Juvayniy (1085 y.v.e.), ash-Shahristoniy (1153 y.v.e.) va ar-Roziy (1209 y.v.e.)lar ash’ariya maktabining yirik namo- yandalaridir. Ash’ariylar zohiran o’zlarini mu’taziliylarga qarshi qo’yib, hanbaliylar b-n murosa qilishga in- tilgan bo’lsalarda, dunyoqarashi bo’yicha mu’taziliylarning akl-idrokka asos- langan yo’lini davom ettirdi. K.ning ikkinchi yirik maktabi — Moturidiy- lik ham mustaqil tarzda taraqqiy etdi. Ash’ariya maktabi, asosan, shofi’iylar (q. Shofi’ishshk) orasida tarqalgan bo’lsa, moturidiylik hanafiylik do- iralarida ko’plab tarafdorlarga ega bo’ldi va, xususan, Movarounnahr Musul- monlarining asosiy aqidasiga aylandi. 13-a. dan K. Ibn Sino asos solgan Sharq falsafasi b-n yaqinlasha boshladi. Na- tijada, Ibn Xaldun ta’biri b-n ayt- ganda, K. va falsafani bir biridan ajratish mushkul bo’lib qoldi. Bu hol Baydoviy (1286 y.v.e.), Isfahoniy (1349 y.v.e.), Ijiy (1355 y.v.e.), Taf- tazoniy (1390 y.v.e.), Jurjoniy (1413 y.v.e.)lar ijodida o’z ifodasini top- Di. Yangi va eng yangi davrlarda jamo- liddin al-Afg’oniy, Muhammad Abdu, Ahmad Amin, Hasan Hanafiy kabi musulmon islohotchilarining asar- larida K. va, ayniqsa, mu’taziliylar g’oyalari mafkuraviy asos vazifasini bajarib keldi. Ahadjon Hasanov.