KALORIYA
KALORIYA (lotincha calor — issiqlik) — issiqlik miqdorining si birliklar tizimiga kirmagan birligi. J yoki kal bilan belgilanadi. 1 gramm suvni g isitish uchun zarur issiqlik miqdori 1 kal deb olingan. 1 kal=4,1868 J. Suvni isitishda sarflanadigan issiqlik miqdori temperatura intervaliga va sharoitga bog’liq, shuning uchun 1 kilogramm suvni 19,5° dan 20,5° gacha isitish uchun zarur issiqlik miqdori 1 kkal (katta kaloriya) deb olingan. Amalda kilokaloriya (kkal) ko’proq ishlatilgan: 1 kkal=1000 kal. Termokimyoda ishlatiladigan Kaloriya 4,1840 J. ga teng.