Kaltsiy nasosi
Kaltsiy nasosi – plazmatik membranada faoliyat ko’rsatuvchi damla- gichlardan biri. Eukariot xujayralar membranasining ichki tomonida kaliy miqdori tashqarisiga nisbatan juda oz bo’ladi. Tashqi ta’sirni plazmatik mem- brana orqali hujayraning ichki qismiga etkazishda kaltsiy kationlari muhim ahamiyatga ega. Tashqi ta’sirga javoban kaltsiy kationlari oqimi shiddat b-n hujayraning ichki qismiga o’ta boshlay- Di. Bu vaqtda K.n. hujayradagi kaltsiy gradientini saqlash uchun uni faol ra- vishda hujayra tashqarisiga chiqaradi. K.n. vazifasini hujayrada sa-ATF aza fermenti bajarishi aniqlangan. Muskul hujayralarining sarkoplaz- masida membrana b-n bog’langan K.n. mavjud K.n. kaltsiyning tsitoplazma- dan sarkoplazma naychalariga o’tishini ta’minlaydi. Kaltsiy kationlarining teskari harakati, ya’ni sarkoplazmadan tsitoplazmaga o’tishi esa muskullarning qisqarishini tezlashtiradi.