Kaltsiy nitrat

Kaltsiy nitrat (kaltsiyli selitra), Ca(NO3)2 — nitrat kislotaning kaltsiyli tuzi. Rangsiz kristall modda. Suyuqlanish temperaturasi 56 g, zichligi 2,36 g/sm3. 500°da kislorodini yo’qotib avval kaltsiy nitrit Ca(NO2)2 ga aylanib, so’ngra kaltsiy oksid Sao va azot (1U)-oksid NO2 ga parchalanadi. Suvda eruvchanligi (100 g da g hisobida): 128,8 (20°da), 359(51,6° da). Kristallogidratlar hosil qiladi. Ohaktoshni nitrat kislotada eritib yoki ohaktoshning suvdagi eritmasiga azot (1U)-oksidni yuttirib olinadi. Azotli o’g’it sifatida hamda o’ta toza kaltsiy oksid olishda ishlatiladi.