KALYARI

KALYARI — Italiyadagi shahar, Sardiniya orolidagi port. Kalyari provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 212 ming kishi (1990-yillar o’rtalari). Transport yo’llari tuguni. Kemasozlik rivojlangan. Kimyo, neft kimyosi, yog’ochni qayta ishlash, elektrotexnika, qurilish materiallari, oziq-ovqat sanoati korxonalari mavjud. Chetga qo’rg’oshin va rux rudalari, xar xil tuzlar, vino, zaytun moyi chiqariladi. Universitet (17-asrdan) bor.