Kamed (o’simlikdan ajralib chiqadigan smola), gummidan sizni saqich bilan ta’minlashdan tashqari boshqa muhim maqsadlarda ham foydalanish mumkin. Kamedning yuzlab turi mavjud. Ulardan birining nomi «gummiarabik» (samg’i arabiy) bo’lib, undan konfet, tibbiy moddalar va yelim, shuningdek, ipak ishlab chiqarishda foydalaniladi. Boshqa tabiiy smolalar singari kamedni quyuq yopishqoq suyuqlik tarzida olishadi, u havoda qotadi va suvda erib ketadi. Gummiarabik Afrika, Avstraliya va Osiyoda o’sadigan akaslarning ayrim turlarini ajratib chiharadi. Uni shaffof sarg’ish yoki qizg’ish bo’lak tarzida sotishadi. Kamedning ayrim turlari suvda erimaydi, aksincha uni shimib, yumshoq, shilimshiq, jelatinga o’xshash massa hosil qiladi. Bunday kamedni «dragon gummi» (ajdar kamed) deyishadi va uni yo’talga qarshi dori ishlab chiqarish va gazlamaga ishlov berishda qo’llashadi. Olcha kamed poxol shlyapa va boshqa narsalar ishlab chiqarishda poxolni ohorlashda ishlatiladi. Bulardan tashqari olxo’ri, shaftoli, qoraqarag’ay, kauchik kamedlari ham mavjud. Kauchikni serkamed daraxtlardan olishadi va ko’pincha saqich ishlab chiqarishda foydalanishadi. Kamedlar siyoh, gazlama, qog’oz, dori-darmonlar tayyorlashda ham qo’llaniladi. Eng yuqori ayrim navlari tibbiy va ilmiy laboratoriyalarda ekinlarga ishlov berishda ishlatiladi. Kamedni odatda yilning quruq payti yig’ishadi va bozorga «ugra» yoki «tomchi» shaklida olib kelishadi. Kamedning kimyoviy tarkibi qand molekulalari bilan birikkan kislota molekulasidan iborat. Biz yuqorida tavsiflagan sof kameddan tashqari tosh smolasi ham bor. U ham o’simliklardan olinadi, lekin u sof kameddan suvda to’la erimasligi bilan farq qiladi. Bunday smolalarning ladan va mirra turlari mashhurdir. Ular juda xushbo’y bo’lib, atir va essentsiylar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.

Inson terisi har 27 kunda to’liq yangilanadi

Lasos balig’i miya faoliyati uchun o’ta foydalidir

Bodring og’izdagi hidni ketkazishda katta yordamchi hisoblanadi

Kola va Pepsi tanaga suv emas, balki kislota bo’lib kiradi

Bir kechaning o’zidayoq burun bitishini yo’q qilishning oddiy usul bor

Nonushta vaznni nazorat qilishga yordam beradi

Olimlarning aytishicha, qahvaga qo’shilgan shakar miya faoliyati uchun kuchli rag’batlantiruvchi ta’sir ko’rsatadi

Agar urg’ochi tulki vafot etsa, erkak tulki o’ziga boshqa juft qidirmaydi

Agar organizimingizga bir oy davomida shakar kirmasa nima bo’ladi?
