KAMPIRQURSOQ
KAMPIRQURSOQ (Tortula desertoram) — kampirqursoqlar tur- kumiga mansub yo’sin. Bo’yi 1 — 1,5 sm. O’rta Osiyo cho’llarida, ko’pincha, boya- lich va juzg’un kabi butalar tagida, qum tepaliklarning shim. yon bag’irlarida yoki tekisliklarda o’sadi. K. yaxshi o’rganilmagan. Qishning iliq kunlarida va erta bahorda yomg’irdan so’ng yam-yashil bo’lib o’sib chiqadi. Yog’ingarchilik tugab, kunlar isiy boshlashi b-n qora-qo’ng’ir tusga kirib, kelgusi mavsumgacha yota- Di. K.juda zich o’sib tuproqda alohida qatlamlar hosil qiladi. K. paydo bo’lgan maydonlarda o’tlar (Iloq, yaltirbosh va b.) kamayib ketadi. O’tloklarning hosildorligi kamayib ketmasligi uchun K. qoplamlarini yo’qotish zarur.