Kanada
Kanada (Canada) — shim. Ameri- kaning shim. qismi va unga yondosh o.lar- dajoylashgan davlat. Mayd. 9971 ming km2. Axrlisi 31,59 mln. kishi (2001). Poytaxti — Ottava sh. Ma’muriy jihatdan 10 viloyat (province) va 3 hudud (territory)ra bo’linadi. Davlat tuzumi. K. — Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdo’stlik tarkibida- gi Federativ davlat. Amaldagi Konsti- tusiyasi 1982 y. 17 apr.da kuchga kirgan. Davlat boshlig’i — Buyuk Britaniya qiroli (qirolichasi), uning nomidan Ge- neral-gubernator davlatni boshkaradi. Kirolicha general-gubernatorni Kanada bosh vazirining tavsiyasi b-n, odatda, 5 y. muddatga tayinlaydi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirolicha nomidan general- gubernator va 2 palatali parlament (se- nat va jamoalar palatasi) amalga oshira- Di. Ijroiya hokimiyatni qirolicha nomi- dan general-gubernator hamda bosh vazir va vazirlardan iborat hukumat amalga oshiradi (1993 y.dan bosh vazir Jan kre- t ь e n ) . Tabiati. K. hududining g’arbiy kismi tog’li, Sharqiy qismi tekislik, shim. Va qisman shim.-Sharqiy sohillari pastte- kislik, Sharqiy qirg’oklari tik, g’arbiy sohili esa juda baland. Materikning o’rta qismi va Kanada Arktikasi arxipe- lagining materikka tutashgan joyi te- kislik hamda platodan iborat. Gudzon qo’ltig’ining atrofi pasttekislik. Lav- rentiy kirlari, Markaziy tekisliklar, Buyuk tekisliklar bor. K.ning g’arbiy chekkasida Kordilera tog’lari, Jan.- sharqida Appalachi tog’lari joylashgan. Uran, temir, nikel, mis, rux, qo’rg’oshin, oltin va kumush, toshko’mir, neft, tabi- iy gaz konlari bor. Iqlimi — K.ning ko’p qismida Arktika va subarktika, Jan.da mo»tadil, asosan, kontinental iklim. Yanv.ning o’rtacha t-rasi shim.da -30°, -35°, Jan. da -18°, -20°, iyulniki shim.da 4-7° va Jan.da 16-18°. G’arbiy sohilda yillik yog’in 2500 mm dan ortiq, Sharqiy sohilda 1250 mm gacha, Markaziy r-nlarda 400— 250 mm, shim.da esa 150 mm dan kam. K.da Daryo ko’p, asosan, qor-yomg’ir suvla- ridan hosil bo’ladi. San-Lavrentiy (Buyuk ko’llari b-n), Finli—pis- River—Qullar—Makenzi (Kichik Qullar, Atabaska, katta qullar va b. ko’llar b-n), Bou—Saskachevan—Nelson (Bou, Sidar, Vinnipeg va b. ko’llar b-n) Daryo-ko’l tizimlari Atlantika va shim. Muz okeani havzasiga kiradi. 200 dan ortiq yirik ko’llari bor. K.ning chekka shim. Arktika saxrosi bo’lib, onda-sonda lishayniklar va b. o’tlar uchraydi. Undan Jan.da tundra, so’ngra esa o’rmon-tundra zonasi joylash – gan. Podzol va botqoq tuproqlarda oq va qoraqarag’ay, Amerika tilog’ochi o’sadi. Jan.-Sharqiy chekkasidagi podzol va qo’ng’ir o’rmon tuproqlarda ignabargli va keng bargli daraxtlar bor.Tekisliklar- dagi unumdor tuproqli erlarda dehqonchilik qilinadi. K.da shim. bug’usi, mushkli buka, oq ayiq, qutb tulkisi, lemming, qutb quyoni, ka- klik, boyqush, Los, bizon, jayra, qoplon, bo’ri, Qunduz va b. hayvonlar yashaydi. Daryo va ko’llari baliqlarga boy. Milliy bog’lari: Banf, Vud-Baffalo, Gleysher, Jasper, Yoxo va b., viloyat bog’lari ham bor. Aholisining V3 qismi ingliz-Kanada- liklar (44%) va frantsuz-kanadaliklar (28%). Tub aholisi — indeyslar 533 ming va eskimoslar salkam 33 ming kishi qolgan. K.da nemislar, ukrainlar, ita- lyanlar, gollandlar, vengerlar, ruslar va b. xam yashaydi. Rasmiy tillar — in- gliz va frantsuz tillari. Frantsuz-kana- daliklar katolik dinida, ingliz-Kanada- liklarning asosiy qismi — protestant. Aholining 78,6% shaxarlarda yashaydi. Yirik shaharlari: Monreal, Kalgari, Toronto, Vankuver, Vinnipeg, Gamilton va b. Tarixi. K.ning qad. xalqi — eskimos va indeyslar. 15-a. oxirlaridan K.ga evro- paliklar kela boshlagan. Frantsuzlar Por-Ruayal va Kvebekka asos soldilar (1605-08). Kvebek yangi Frantsiya mu- stamlakasining markazi bo’lib qoldi. 17-a.ning 20-y.larida K. hududida bi- rinchi Angliya mustamlakasi — yangi Shotlandiya vujudga keldi. 17-a.ning 2-yarmidan frantsuz-kanadaliklar shak- llandi. Etti yillik urush (1756-63) natijasida Buyuk Britaniya yangi Fran- tsiyani egallab oldi. 1791 y. Kvebek 2 VI- loyat (quyi K. va yuqori K.)ga bo’lindi. K. uchun bo’lgan Angliya-Amerika urushi (1812-14) natijasida demokratik islohot va o’zini o’zi boshqarish uchun qarakat boshlanib ketdi. Viloyatlarda islohot tarafdorlari («vatanparvar- lar») partiyalari tuzildi. 1834 y. islohot tarafdorlari quyi va yuqori K. parlamentlari faoliyatini nazorat ostiga oldi. 1841 y. Yuqori K. b-n kuyi K. birlashtirildi. 1848 y. K. va yangi Shotlandiyada yangi hukumat tuzildi. 19- a. o’rtalarida K.da t. y.lar qurildi, sano- at rivojlandi, 1867 y. Buyuk Britaniya- ning shim. Amerikadagi mustamlakala- ri birlashtirilib, «K. dominioni» nomi b-n federasiya tuzildi. Yangi Shot- landiya, Nyu-Bransuik, shim.-G’arbdagi hududlar, Britaniya Kolumbiyasi (1871) va Prins-Eduard o. (1873) K. dominioni- ga qo’shib olindi. Markazlashgan davlat barpo etilishi milliy bozorning yuzaga kelishiga asos bo’ldi. 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida K. iqtisodiyoti rivojlandi. Ishlab chiqaruvchi sanoat tez o’sib, uning mahsuloti qiymati 1914-18 y.larda 4 baravar oshdi, aholi soni 64% ko’paydi. Kapital va i.ch. sanoati yiriklashdi, 1900-17 y.larda banklar birlashishi natijasida ularning soni 36 dan 21 ga kamaydi; bank va sanoat kapitali qo’shila bordi. 1-jahon urushida K. Buyuk Brita- niya tomonida qatnashdi. 1-jahon urushi davrida K. iktisodiyoti mustahkamlanib olishi natijasida K.da Angliya ta’siri susaydi va ta’siri ku- chaydi. 1919-20 y.gi Parij konferen- tsiyasida K. sulh shartnomalarini mustaqil imzoladi. Boshqa domi-Nion- lar b-n bir katorda K. Millatlar Liga- siga vakil yuborish huquqini qo’lga ki- r i t D i . 1929-33 y.lardagi jahon iqtisodiy bo’hroni natijasida sanoat i.ch. 2 bara- Vardan ziyod kamayib ketdi. 1933 y. bo- shida ishsizlar 1,3 mln. kishidan ortdi. Q. x. mahsulotlarining narxi nihoyatda pasayib ketishi natijasida 240 ming ferma barbod bo’ldi. 2-jahon urushida K. Buyuk Britaniya to- monida qatnashdi. K. antifashist davlat- larni, birinchi navbatda, Buyuk Brita- niyani xom ashyo, oziq-ovqat, qurol-yarog’ b-n ta’minlab turdi. Mamlakatda harbiy sanoat rivojlandi, yangi tarmoqlar: sta – noksozlik, sintetik kauchuk i.ch. va b. Vu- judga keldi. 1939-45 y.larda sanoat i.ch. 2,5 baravar ortdi. 1960-y.lardan K. hukumati ichki va tashqi siyosatda milliy manfaatlarni ko’zlab ish tuta boshladi. Hukumat K.ning siyo- siy mustaqilligini saqlashga, Lotin Amerikasi, Osiyo va Evropa mamlakatla- ri b-n aloqalarni rivojlantirishga in- tildi. Keyingi yillarda K.da milliy masala keskinlashdi. Kvebek partiyasi mazkur viloyatni alohida davlat qilib ajratishni talab qila boshladi. 1995 y. da Kvebek suvereniteti xususida o’tkazilgan referendumda suverenitetga qarshi bo’lganlarning 50,6% ovoz olishi natijasida mamlakatning parchalanish xavfi bartaraf etildi. K. — 1945 y.dan BMT a’zosi. 1991 y. 25 dek.da O’zR suve- renitetini tan oldi va 1992 y. 7 apr. da u b-n diplomatiya munosabatlari o’rnatdi. Milliy bayrami — 1 iyul — K. kuni (1867). Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Liberal partiya, 1873 y. rasmiylashgan; Progressiv konservativ partiya, 1854 y. tuzilgan; K. Kommunistok partiyasi, 1921 y. vujudga kelgan; Kvebek partiyasi, 1968 y. tuzilgan; yangi demokratik par- tiya, 1961 y. asos solingan; Kvebek bloke partiyasi, 1990 y. tuzilgan; K. isloxrt partiyasi, 1987 y, tuzilgan; K. uyushmasi partiyasi, 2000 y.da tuzilgan. Kasaba uyushmalari birlashmalari — K. ishchi- lar Kongressi 1956 y. tuzilgan, Milliy kasaba uyushmalari konfederasiyasi 1921 y. vujudga kelgan. Xo’jaligi. K. — yuksak taraqqiy etgan industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 22%, q.x. ulushi 2,2%. Sanoati. Aholi jon boshiga mineral xom ashyo va yarim fabrikatlar i.ch. jihatdan K. taraqqiy etgan ko’pgina mamlakatlar- dan ustunlik qiladi. Nikel, rux, ku- mush, molibden rudalari, asbest, oltin, platina, niobiy, tabiiy gaz, oltingurt qazib chiqarishda, gazetabop qog’oz, alyu- miniy, tsellyuloza, tilingan binokorlik yog’ochlari i.ch.da dunyoda oldingi o’rinlardan birida turadi. K.da ko’mir, neft, temir rudasi, volfram, uran (me- Tall tarkibidagi ruda), kaliyli tuzlar, oltingugurt qam qazib chiqariladi. Yi- liga o’rtacha 490,8 mlrd. kVt-soat elektr energiya hosil qilinadi. Toronto, Van- Kuver va Ontario atrofida bir kancha Yi- rik issiqlik elektr st-ya va AES bor. Asosiy GESlari Kvebek, Ontario va Britaniya Kolumbiyasi viloyatlarida. Ishlab chiqaruvchi sanoat da oziq-ovqat va tamaki sanoati’, qora va rangli metal- lurgiya hamda metall ishlash, transport mashinasozligi va b. tarmoqlar etakchi o’r i n D a . Mashinasozlik ishlab chikaruvchi sanoat mahsuloti qiymatining 1/2 qismini be- radi. Uning asosiy tarmog’i — trans- port mashinasozligi (avtomobil, kema, aviasiya, vagon va lokomotivso zli k). Boshqa sanoat tarmoqlaridan q.x. mashi- nasozligi, neft va gaz sanoati, kon, o’rmon va tsellyuloza-qog’oz sanoati uchun uskunalar i.ch. kor-xonalari yaxshi ri- vojlangan. Mashinasozlikning asosiy markazlari: Toronto, Monreal, Uinsor, Gamilton va b. Kora metallurgiya ga- Milton, Su-Sent-Mari, Uellend va Sidni sh.larida, alyuminiy, rangli me- tallar i.ch. Arvid, Kitimat, Norand, Sadberi, Tompson, Traylda to’plangan. Neftni kayta ishlash z-dlari Monreal va Sarniyada joylashgan. Kimyoviy o’g’itlar, sintetik kauchuk va plastmassa i.ch. rivojlangan. Asosiy markazlari: Sarniya, Monreal, Toronto, Niagara- Fole va Kitchener. Un tortish, go’sht, baliq-konserva va likyor-araq i.ch. oziq- ovqat sanoatining asosiy tarmoqlari bo’lib, ular muhim eksport ahamiyatiga ega. Engil sanoat tarmoqlaridan to’qimachilik, ko’n-poyabzal va tikuvchi- lik nisbatan yaxshi rivojlangan. Mahsulotning yarmi Monrealda ishlab chiqariladi. Tilingan taxta, gazetabop qog’oz, karton i.ch. markazlari: Britaniya Kolumbiyasi va Kvebek viloyatlari. Kishloq xo’jaligi sermahsul, fermalari mexanizasiyalashgan va ixtisoslashgan. K-xga yaroqli erlarning U4 qismiga yaqini yirik xo’jaliklarga Birlashgan. 70 mln. gektar er fermalar b-n band. Dehqonchilik ustun. G’alla (bug’doy, arpa, suli, makkajo’xori), texnika ekinlari (qand lavlagi, soya, zig’ir, tamaki), o’t va em-xashak, sab-zavot, kartoshka, raps etishtiriladi. Fermalarning 9/yu kismi elektrlashtirilgan. Don xo’jaligi ri- vojlangan asosiy joylar: dasht viloyat- lari, ay-niqsa, Saskachevan va Manitoba. Etishtirilgan bug’doyning ‘/2 qismidan ziyodrog’i, arpa hosilining ‘/3 qismi chetgachiqariladi. Sut chorvachiligi onta- Rio, Kvebek va Britaniya Kolumbiyasi VI- loyatlarida rivojlangan. Chorvachiligida qoramol, cho’chqa, qo’y va ot boqiladi. Q.x. maxsulotining 60% ga yaqinini chorvachi- lik etishtirib beradi. O’rmon xo’jaligi Britaniya Kolumbiyasi, Kvebek va Ontarioda yaxshi rivojlangan. Jahonda tayyorlanadigan yog’ochning ‘/yu K.ga to’g’ri keladi. Baliq-chilik, hayvonotchilik, parrandachilik, mo’ynachilik rivojlangan. Transport i. 94,3 ming km t.y. va 850 ming km avtomobil yo’li bor. Daryo va dengiz transporti, shuningdek, Buyuk ko’llar, Lavrentiy daryosidagi suv yo’llari muhim ahamiyatga ega. Asosiy portlari: Vankuver, set-Il, Monreal, Tander-Bey. Avtotransportining ahamiyati (ayniqsa, shim.da) juda katta. Asosiy aeroportlari Monreal, toron- to, Vankuver, Vinnipeg va Ottavada. K. chetga avtomobil, qog’oz, bug’doy, yog’och- taxta, tsellyuloza, nikel, alyuminiy, neft va neft mahsulotlari, temir ru- dasi, mis, asbest, uran, kaliyli tuzlar, tabiiy gaz, mis, sanoat jihozlari va b. chikaradi. Chetdan mashina va sanoat usku- nalari va mollari, ko’mir, kofe, kauchuk, banan va kakao sotib oladi. Savdo- sotiqdagi asosiy mijozlari: AKSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Niderlandiya. 1989 y.da K. b-n AQSh o’rtasida erkin savdo haqidagi bitim kuchga kirishi va 1992 y.da shim. Amerika erkin savdo mintaqasi to’g’risidagi uch tomonlama (AKSH—Kanada —Meksika) bitim imzo- lanishi b-n K. iqtisodiyotining Amerika iqtisodiyoti b-n birlashuvi va uning Shim. Amerika yagona iqtisodiy makoni tarkibiy qismiga aylanish jarayoni tez- lashdi. Pul birligi — K. dollari. Tibbiy xizmati. K.da vrachlar 15 ta tibbiyot maktabida tayyorlanadi, bu MAK- tablarning aksariyati un-tlar huzurida. Xot-Springs balneologiya kurorti, Nyufaundlend, Keyp-Breton o.laridagi, Nyu-Bransuik viloyatidagi iqlimiy st- yalar, Monreal, Maskoka ko’li, Manito- ba, yangi Shotlandiyadagi sil kasallikla- ri shifoxonalari ma’lum. Maorifi, ilmiy va madaniy-ma’rifiy muassasalari. K.da tarixan ingliz va frantsuz maktabi tizimlari tarkib top- gan. Inglizcha tizim AQSh maktab tizi- miga o’xshash: 12 y.lik umumiy ta’lim maktabi 6 y.lik boshlang’ich, 3 y.lik ki- chik o’rta, 3 y.lik katta o’rta maktablar- dan yoki 8 y.lik boshlang’ich va 4 y.lik o’rta maktablardan iborat. Kvebek viloya- tida frantsuzcha ta’lim tizimi: 6 y.lik boshlangich va 5 y.lik o’rta maktab ishlay- Di. 5-7 yoshdan 14— 16 yoshgacha bo’lgan bolalar uchun bepul majburiy to’liqsiz o’rta ta’lim joriy etilgan. Davlatga ka- rashli ta’lim bepul bo’lgan maktablar b-n bir qatorda xususiy (pulli), asosan, diniy va etnik guruxlar qaramog’idagi maktablar xam bor. Ulardagi darslar o’sha guruhlar tilida olib boriladi. Oliy o’quv yurtlarida pul to’lab o’qiladi. Barcha viloyatlarda un-tlar bor. Yirikla- ri: Toronto, Vankuver, Kingston, Mon- Real, Kvebek un-tlari. Ilmiy muassasa- lari: K. Qirollik jamiyati, ijtimoiy fanlar soxdsidagi tadqiqot kengashi (hammasi Ottavada), o’rmonchilik va q.x. sohasidagi bir qancha i.t. institutlari. Yirik kutubxonalari: parlament, Xalq, Milliy, Milliy ilmiy (hammasi otta- vada), Monreal va Torontodagi xalq ku- tubxonalari, shuningdek, Toronto, Mon- Real, Vankuver un-tlari huzuridagi ku- tubxonalar. Ottavada K. Milliy muzeyi, Milliy galereya, Milliy san’at marka- zi, Ontario viloyatida Qirollik muzeyi, Torontoda badiiy galereya, Monrealda Badiiy muzey, Kvebek sh.da Kvebek vilo- yati muzeyi va b. bor. Matbuoti, radioeshittirishi va teleko’rsatuvi. K.da 114 ta kundalik gaz. va 1200 ta haftanoma nashr etiladi. Et- nik guruhlar (nemis, italyan, Xitoy va b.) tillarida 300 ga yaqin gaz. va b. dav- riy nashrlar bor. Eng yiriklari: ingliz tilida — «Glob eng meyl» («butun dunyo pochtasi», kundalik gaz., 1844 y.dan), «Toronto-Star» («Toronto yulduzi», kun- dalik gaz., 1892 y.dan), «Gazett» (kunda- lik gaz., 1778 y.dan), «Ottava Sitizen» («Ottava fuqarosi», kundalik kechki gaz., 1845 y.dan), «Vankuver san» («Vankuver quyoshi», kundalik kechki gaz., 1886 y.dan) va b. Frantsuz tilida — «Devuar» («Burch», kundalik gaz., 1910 y.dan), «Press» («matbuot», kundalik kechki gaz., 1884 y.dan), «Soley» («Quyosh», kun- dalik kechki gaz., 1896 y.dan) va b. «Kana- Dian leybor» («Kanada kasaba uyushmala- ri», oylik jur., ingliz va frantsuz til- larida, 1956 y.dan), «Maklinz ka-nada’z uikli nyusmegezin» («Kanada Maklin yangiliklari», haftalik jur., ingliz ti- lida, 1905 y.dan) jur.lari chiqadi. Kana- Dian Press Milliy axborot agentligi (1917 y.da tashkil etilgan) bor. «Kana- Dian brodkasting Korporeyshn» — Si- bi-si, K. radioeshittirish va teleko’rsatuv korporasiyasi, 1936 y.da tashkil etilgan. Ra-dioeshittirish 1926 y.dan, teleko’rsatuv 1952 y.dan boshlan- gan. Umuman 115 ta tele va 575 ta radiost-ya ishlaydi. Adabiyoti. K. tub joy aholisi (indeys- lar, eskimoslar)ning og’zaki ijodiyoti avloddan avlodga o’tib kelgan. K. adabiyo- ti, asosan, ingliz (18-a.) va frantsuz (19- a.) tillarida shakllandi. Rus, ukrain va b. tillarda ham adabiy asarlar nashr etiladi. Indeyslar va eskimoslarning og’zaki ijodi ingliz-kanadalik yozuvchi- lar tomonidan qisman to’plandi (20-a.). Shoira Polin Jonson (1862-1913) bu- tun hayotini indeyslar haq-huquqini himoya qilish va ularning afsonalarini adabiy jihatdan ishlab chiqishga bag’ishlagan. Umuman mustamlaka qaramligining og’ir sharoiti milliy adabiyotning rivojlanishiga to’sqinlik qilib keldi. Ingliz tilidagi adabiyot dastlab ingliz romantizmi ta’sirida va unga taklidan rivojlangan. Konfederasiya shoirlari deb atalmish romantiklar tabiat go’zalligi haqida asarlar yozdilar va K.da yashovchi turli millat vakillarini bir- lashishga da’vat etdilar. 19-a.ning 2-yar- mida tarixiy romanchilik rivojlandi. Hajvchi S. Likok (1869-1944) o’z asarla- rida K. shaharchalari aholisining axloqi, pul hukmronligi, «kichik» odam- ning nochorligini tasvirlab, jahonga mashhur bo’ldi. 20-a. boshlarida adabiy jur. lar, K. adabiyotining dastlabki ta- rixi va antologiyasi paydo bo’ldi. K. yozuvchilari uyushmasi vujudga keldi (1921), u, asosan, ingliz-kanadalik yozuv- chilarni birlashtirdi. 20-a.ning o’rtalaridan ingliz tilidagi adabiyotda kanadaliklarning milliy xarakteri yorqin namoyon bo’la boshladi. 40-y.lardan tanqidiy realizm rivojlandi. F. Grov yozgan realistik romanlarning qahramonlari — mehnat ahli. Realist yozuvchi M. Kellexen asarlari odamshavan- dalik va xalqqa rahm-shavqat ruhi b-n sug’orilgan. X. MAK-Lennan o’z asarlari- da Angliya va Frantsiyadan kelgan Kanada- liklarni birdamlikka chaqirdi («ikki yolg’izlik», 1945). 60-80-y.lardagi ko’p asarlarning mavzui jamiyat turmushida- gi chalkashliklarga bag’ishlangan. K. mu- ammolari va indeyslar b-n eskimoslar- ning ahvoli kabi masalalar K. ilg’or yozuvchilarining e’tiborida turibdi. Frantsuz tilidagi adabiyot. K.da Fran- suzlar hukmronlik qilgan davrda diniy mavzularda asarlar yozildi. 19-a. oxirla- rida K.da romantik shoirlar maktabi Vu- judga keldi. Shoir J. O. Kremadi ijodi K. adabiyotiga frantsuz romantik she’ri- yati ruhini kiritdi. Frantsuz romanti- klari, jumladan, V. Gyugo ta’sirida L. O. Freshett, L. P.Leme o’z asarlarini yaratishdi. F. de Gaspening «qadimiy ka- nadaliklar» qissasi 19-a.ning eng sal- mokli asaridir. 20-a. boshlarida Patri- arxal hayot, dehqonlarning dindor bo’lishi ulug’landi. L. Emonning «Mariya Shapdlen» romani mustamlaka davri ada- biyotini hayotiy tasvirlar b-n boyitdi. 30-y.larda realizm rivojlandi. 40-y. larda yozuvchilar ijtimoiy masalalarni yorita boshladi. R. Lemlen cherkov xodim- larini satirik tasvirladi («qiyalik etagida» romani, 1944); Gabriel Rua «Tasodifiy baxt» romanida ishchilar hayotini ko’rsatdi. 50-y.lar nasrida ruhiy kechinmalarga, jamiyatda kishi- ning o’zini begona, yolg’iz his etishiga e’- tibor kuchaydi (I. Terio, E. Klute asar- lari). Yu. Aken frantsuz-kanadaliklarni milliy iftixor uchun kurashga chorladi («Yaqin kunlardagi vokea»). Shoirlar 60-80-y.larda zamondoshlarining aqliy va ijodiy hayotini aks ettirishga harakat qildi. A. Granbua sevgi, hayot va o’lim mavzularida asarlar ezdi. Me’morligi. Indeyslar erto’la, vigvam- chaylalarda, tomi teri yoki yog’och b-n yopil- gan uylarda yashagan. 17-19-a.larda frantsuzlar Sharqiy K.ga o’z an’analari bo’yicha mustahkam devorli, tomi tik ni- shabli uylar, zalli Cher-kovlar (old qismi 1-2 minorali), jamoat binolari qurishni rasm qildilar. Shu davrda J. Demer, T. Bayarje kabi me’morlar eti- shib chikdi. K.ning inglizlar bosib ol- gan qismida (18-19-a.lar) imoratlarni sinch va toshdan klassisizm uslubida (me’mor J. Merrik) qurish rivojlandi. 19-a. o’rtalaridan to’g’ri ko’chali, kam qavatli uylardan iborat shaharlar (ot- tava, Monreal, Toronto, Kvebek) qad ko’tara boshladi. Me’morlardan E. Len- Noks, J. Layl loyihalari asosida qorishiq uslubda inshootlar qurildi. 19-a. oxiridan AQSh me’morligi ta’si- ri kuchayib, baland jamoat binolari, mehmonxonalar qurish avj oldi (F. Dar- Ling, J. Pirson kabi me’morlar). 20-a. o’rtalaridan eski shaharlar jadal sur’atda qayta qurilib, kengaya boshladi. Temir-beton va po’latdan zamonaviy sa- noat va jamoat binolari (Torontodagi Annesis-Aylend kti va ratusha binola- ri, Monrealdagi vil-Mari maydoni, Jahon ko’rgazmasi, Olimpiada majmua- si va b.) qurildi. Shaharlar yagona loyiha asosida barpo etildi, korxonalar atro- fida shinam turar joylar qad ko’tardi. Tasviriy san’ati. K. hududida indeys va eskimoslar san’ati qadimdan rivojlan- gan. Indeyslarning qad. san’ati yog’och o’ymakorligi, tosh, suyak, shoxga naqsh o’yish, pat va chig’anokdardan bezaklar yasash, qo’l to’qimachiligi, jayra ignasi va bug’u junidan kashta tikish, rasmlar so- lishdan iborat bo’lgan. 17-a.dan keyin esa Evropa va AQShdan ko’chib kelganlar va ularning avlodlari bu ishga hissa qo’shdilar. Eskimoslar tosh, suyak hamda hayvon shoxlaridan inson va hayvon haykalchalarini yasash b-n shug’ullangan. Evropaliklar kelib o’rnashgan paytlar- dan boshlab K. tasviriy san’ati Fran- tsiya va Angliya san’ati ta’sirida o’ziga xos tarzda rivojlana boshladi. 17-a. — 19-a. boshlarida portret chizish va diniy rassomlik vujudga keldi; yog’och haykalchalar, kumush idishlar, akvarel manzaralar yaratildi. 19-a. o’rtalarida dehqonlar hayotini, viloyatlar ko’rinishlari va indeyslar turmushini tasvirlaydigan mo’yqalam ustalari (P. Keyn, K. Krigxof, X. Uotson, X. Uoker) ijod qildi. 20-a.da J. U. Morris, T. Tomson, J. Makdonald, A. Lizmer shi- mol kengliklarining go’zal maftunkor tabiatini tasvirlovchi asarlar yaratish- D i . Zamonaviy K. san’atida modernizm (A. Pellon, J. Riopel) b-n bir qatorda re- alistik okim (J. Leme, T. Makdonald, F. Teylor, R. Pilo) ham mavjud. Dizayn va amaliy bezak san’ati (kandakorlik, gilamchilik, kulollik) rivojlanmokda. Xalk, ijodida yog’och o’ymakorligi, ukrain iroqisi, eskimoslar haykaltaroshligi alohida ajralib turadi. Musiqa qadimdan tub xalq va ko’chib kel- gan aholi turmushining muqim qismi bo’lgan. Indeyslarga xos jangchi, ovchi qo’shiklari, ishqiy ashulalar sho’x va ifodali. 18-a. oxirlarigacha, asosan, cherkov musiqasi rasm edi. 18-a. oxirla- ridan kontsertlar berila boshladi. 19-a. boshlarida havaskorlar kuchi b-n opera spektakllari ko’rsatildi. 19-a. ning 2-yarmida professional musiqani ri- vojlantirish uchun sharoit vujudga kel- Di, musiqa havaskorlari jamiyati tuzil- Di. K.da evropalik musiqachilar, AQShlik opera truppalari va simfonik orkestrlar kontsert berdi. Dastlabki musiqa arboblaridan biri — K. Lavalle «O, Kanada» milliy madhiyasini yaratdi. 19-a. oxiri — 20-a. boshlarida profes- sional kompozitorlar va musiqachilar paydo bo’ldi. 40-y.larda musiqa jadal rivojlana boshladi. Toronto, Monreal, Vinnipegda doimiy opera truppalari, Ontarioda milliy balet, Ottavada mum- toz balet, Vinnipegda Qirollik baleti, turli shaharlarda 30 ga yaqin doimiy ish- lovchi orkestr bor. K. musiqa arboblari- dan M. Blekbern, J. Vayntsvayg, P. Mer- Kyur kabi kompozitorlar, J. Bodri, A. Brott, P. Dervo kabi dirijyorlar, L. Marshal, T. Stratas, E. Jonson, L. Simo- no kabi xonandalar, g. Guld, I. Gendel kabi sozandalar mashhur. K. kompozitor- lar, mualliflar va noshirlar uyushmasi mavjud. K.da 8 ta oliy musika o’quv yurti bor. Bir qator shaharlarda un-tlar qoshida musiqa maktablari, musiqa f-tlari ochilgan. 1965 y.dan Monrealda har yili xalqaro musiqa festivali va musiqachi-ijrochilarning tanlovi o’t k a z i l a D i . Teatri. Indeyslarning marosimlarida xalq teatr san’ati unsurlari bor. Ular diniy marosimlarni o’tkazishda niqob va qo’g’irchoqlardan foydalanishar edi. Professional teatr 17-a.dan Kvebek va Akadiya viloyatlarida rivojlana boshla- gan. P. Kornel, J. Rasin, J. Moler pesalari qo’yilgan. 1606 y.da Port- Royyaldagi «Neptun» teatrida Leskarbo- ning «dengiz niqobi» nomli she’riy pesasi sahnalashtirildi. Spektaklda indeyslar b-n frantsuzlar qatnashishdi. 1774 y.da Galifaksda K. hayotidan birin- chi pesa — «Akadius yoki xilvatdagi muhabbat» sahnalashtirildi. 1825 y. Monrealda birinchi doimiy teatr Ochil- Di. Teatr repertuariga K. dramaturglari — J. Kenel, Ch. Xevisij, Ch. Meyr asar- lari kiritildi. Monreal, Toronto, Viktoriya, Gamilton, Vinnipeg sh.lari- da teatrlar tashkil etildi. 19-a.ning 80-y.lari oxiridan 1-jahon urushigacha bo’lgan davrda ko’chma professional teat- rlar avj oldi. Kvebek va Galifaks teatr truppalari tarkibida AQSh, Frantsiya va Angliyadan kelgan aktyorlar b-n birga ka- nadalik aktyorlar ham bor edi. Shu davrda «Roud» («yo’l») deb atalgan sayyor Pro- fessional teatrlar keng tarkaldi. 20-a. ning 20-30-y.larida un-tlar, makta- blar, klublar va cherkovlar krshida ko’plab havaskor truppalar tashkil etil- Di. 40-y.lar oxirida yirik shaharlarda professional teatrlar paydo bo’ldi. Monrealdagi «rido ver», Torontodagi «Tietr Toronto», Edmontondagi «Tsita- del» teatrlari shular jumlasiga kira- Di. Ularda Shekspir, Moler, Turgenev, Chexov va b.ning pesalari qo’yiladi. Frantsuz tilidagi teatrlarda milliy te- ATR madaniyatini vujudga keltirish ja- rayoni kechayotir. K.da M. Anglii, U. Xyu- ston, R. Massi kabi rej.lar, K. Kolikos, L. Grin, Tsh. King, K. Rid kabi aktyorlar mashhur. Torontoda Milliy teatr san’a- ti maktabi, Alberta, Saskachevan, Kuins un-tlarida drama bo’limlari bor. «Kana- da teatri» jur. (ingliz va frantsuz til- larida) nashr etiladi. Kinosi. 1898 y. K.ning «Messi-Xarris» kinofirmasi buyurtmasi b-n reklama filmi suratga olindi. 1900 y.da «ka- neydian bayoskop» kinofirmasi K.ga ko’chib keluvchilarni qiziqtirish uchun turkumli filmlar yaratdi. G. Bredford tomonidan 1903 y. boshlab berilgan «ka- nadadagi hayot» nomli turkum filmlar ham shu maqsadga xizmat qildi. 1906 y. Monrealda birinchi doimiy kinoteatr ochildi. 1914 y. Monrealda K.ning dast- labki badiiy filmi — «Evanjelina» (rej. I. P. Salli-Ven, u. X. Kovano) Su- ratga olindi. Faroyib shimol tabiati va eskimoslar hayotiga qiziqib qolgan Ame- rikalik rej. R. Flaerti «Shimol Far- zandi — Nanuk» qujjatli filmi (1922)ni suratga oldi va K. hujjatli kinosining rivojiga munosib hissa qo’shdi. K.ning birinchi ovozli filmi — «Viking» (rej. V. Frissell, J. Mel- Ford, 1931). Milliy kino san’atining qaror topishiga rej. J. Grirson muhim hissa qo’shdi. 1939 y. Kino masalalari bo’yicha milliy kengash tashkil etildi. U davlat yo’li b-n hujjatli filmlar i.ch.ni boshqardi. 2-jahon urushi davri- da «jangdagi totuvlik» kinoseriyasi Shuhrat qozondi. 1952 y. «Eten Bryule, nobakor» degan birinchi rangli film yaratildi. «Oltin shahri» (rej. K. Lou), «Tinchlik davom etsin deb», «dengiz b-n chuchuk suv oralig’ida» (rej. M. Bro) filmlari yaratildi. 1970-90 y.larda dunyo yuzini ko’rgan filmlar orasida «Moviy qish» (rej. A. Blanshar), «Mual- limga nega o’q otildi» (rej. S. Narisan- no), «ovchi» (rej. 3. R. Delen), «qari tul- ki» (rej. F. Borsos) kabi badiiy fil- mlarni ko’rsatish mumkin. K.da qiziqarli multfilmlar ham yaratila- Di. Statford, Monreal, Vankuverda xalqaro kinofestivallar muntazam o’tkaziladi. K.da 1400 kinoteatr, kinoar- XIV va filmoteka bor. K. kino Akademi- yasi har yili eng yaxshi filmlarga so- vrinlar beradi. Uzbekiston — K. muno- sabatlari. Ikki mamlakat o’rtasida savdo-iqtisodiy munosabatlar 1996 y.dan bir muncha osha boshladi. 1998 y.da O’zbekistonning K.ga eksporti xizmat ko’rsa-tish, qora metall va undan yasalgan buyumlarni yuborishdan iborat bo’ldi. Uzbekiston K.dan elektr asbob-uskuna- lari, plastmassa, oyna, poligrafiya sa- noati mahsulotlari, sut, go’sht va baliq mahsulotlari sotib oldi. 1999 y. yakuni bo’yicha mamlakatlar o’rtasidagi Tovar aylanma 15,68 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. O’zbekistondan K.ga eks- port keskin o’sib, ijobiy saldo 6,77 mln. AQSh dollariga etdi. 1999 y. 17 iyunda ikkala mamlakat hukumatlari o’rtasida ikkiyoqlama soliq solinishiga yo’l qo’ymaslik hamda daromad va sarmoya solig’i to’lashdan bo’yin tovlashning ol- dini olish haqida Konventsiya imzolandi. K.ning turli kompaniya va notijorat tashkilotlari O’zbekistonning mineral xom ashyo va neft-gaz konlarini ishga tu- shirishda qatnashishga g’oyat qiziqib qaraydi. Navoiy viloyatidagi tandir maydonini geologik jihatdan birgalik- da o’rganish to’g’risida 1998 y. okt.da O’zbekiston Geol. va mineral resurslar davlat qo’mitasi b-n «Xebron fiord Re- sourses Ink» kompaniyasi o’rtasida tu- zilgan shartnomada K. tomoni salkam 4,5 mln. AQSh dollari sarflashi ko’zda tu- tilgan. Kompaniya mutaxassislari belgi- langan ish dasturini bajarishga kirish- Di. Toshkent aviasiya i.ch. birlashmasi K.ning «Pratt end Uitni» kompaniyasi b-n Il-114 samolyotlari uchun PW-127 dvigatellarini etkazib berish sohasida bevosita hamkorlik qila boshladi. O’zbekiston aloka va axborotlashtirish agentligi K.ning «Nortel Telekom» kom- paniyasi b-n 1993 y.dan buen hamkorlik qilib kelayotir. Keyingi 8 y. mobaynida ushbu kompaniya b-n jami 29 mln. AQSh dollari qiymatiga ega bo’lgan 8 ta shar- tnoma amalga oshirilib, O’zbekiston- Amerika «O’zdunrobita» qo’shma korxona- si uchun asbob-uskunalar etkazib beril- D i . O’zR tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki K.ning bir qancha moliya muassasa- lari b-n aloqa o’rnatgan. Ikki mamlakat o’rtasida ta’lim, fan va texnika sohasida, jumladan, bir-birlariga ta- labalar, aspirantlar, o’qituvchilar va mutaxassislar yuborish, ularning mala- kasini oshirish borasida hamkorlik yo’lga qo’yilgan. O’zRda 2000 y. boshlari- da K.lik sarmoyadorlar ishtirokidagi 13 korxona ro’yxatga olingan.