Kanalar

Kanalar (Acarina) — o’rgimchaksimonlar sinfiga mansub may- da bo’g’imoyoqlilar. 3 turkumga bo’linadi: akariformli K. (Acariformes), parazit- formli K. (Parasitiformes) va pichano’rar K. (Opiliocarina). Tanasi tuxumsimon yoki cho’ziq (uz. 0,1—0,30 mm), aksari- yati bo’g’imlarga bo’linmagan. Tanasi, odatda, 2 kiem: og’iz apparati joylash- gan oldingi — giatosoma va oyoqlari joylashgan orqa qism — idiosomadan iborat. K. hasharotlardan 4, ba’zila- ri esa 2 juft oyoqlari bo’lishi, tana- sining bosh, ko’krak va qorin qismga bo’linmasligi, mo’ylovlari bo’lmasligi b-n farqlanadi. Tanasi yashash sharoitiga ko’ra, tiniq yoki juda zichlashgan muskul- li qoplamga ega. Barcha K. ayrim jinsli bo’lib, ko’pchiligi tuxum qo’yib ko’payadi. Oziqlanish tipiga qarab 3 guruhga bo’linadi: o’simlikxo’rlar, yirtqich K. va parazit K. Ba’zi K. o’simlik qoldiqlari b-n (saprofaglar) oziqlanib, tuproq hosil bo’lish jarayonida muhim rol o’ynaydi (mas., Oribalidae oilasiga mansub qalqonli K. va AcaroideaHHHr vakillari); boshqalari o’simlik shi- rasi b-n (fitofaglar) oziqlanib, q.x. ekinlariga katta zarar keltiradi (Mae., Tetranychidae oilasining turla- ri); ayrimlari sodda zamburug’lar b-n oziqlanadi (mikofaglar) hamda parazit K. q.x. hayvonlari va odamga zarar etka- zadi (Ixodidae, Argasidae, Dermanyssidae va b. oiladagi K.). Tabiatda zararli K. b-n bir katorda foydalilari ham (en- tomofag K.) bo’lib, q.x. zararkunandala- rining ko’payishiga to’sqinlik qiladi. O’simlikxo’r K. ikki: sarkoptiformli K. (Sarcoptifomes) hamda trombidiform- li K. (Trombidiformes) kenja turkumga bo’linadi. Sarkoptiformli K.dan ombor K.ning 2 oilasi: un K. va tukli K.ning va – killari katta zarar keltiradi (q. Ombor zararkunandalari). Trombidiformli K. kenja turkumiga o’simlikning o’sish va rivojlanish davrida shirasini so’rib za- rar keltiradigan K. kiradi. Q.x. ekinla- riga, ayniqsa, o’rgimchakkanalar oilasi- ning turlari, jumladan, o’rgimchakkana juda ko’p zarar etkazadi. Briobindlar oilasiga mansub eng yirik (2 mm gacha) va serharakat K. faqatgina o’simliklarga zarar keltirib qolmay, balki odamlar yashaydigan joylarga kirib, zahira oziq- ovqatlarni xam ifloslantiradi. Qo’ng’ir meva kanasi — ashaddiy zararkunanda- dir. O’rta Osiyo Jan.da yassi tanali K. (Tenuipalpidae) oilasining vakillaridan meva yassi tanali kanasi zararlidir. Har xil tirnoqli K. oilasi (Tarsonemidae) HHHr ko’pgina turlari o’simliklar b-n oziqlanadi, ammo yirtqich hamda sapro- faglari ham mavjud. Eng zararkunandasi — ertut kanasidir. Qorindor K. oilasi- ga (Pycmotidae) tirik tug’ish xarakterli. Ularning barcha rivojlanish fazalari ona qornida o’tadi; qorni sharsimon shi- shib, 100-500 martagacha kattalashish xususiyatiga ega. Bu oilaga mansub don K. bug’doy, suli, javdar, arpa va boshoqli o’tlarga vegetasiya davrida zarar etkaza- Di. Qorindor K. zahiralarga zarar kel- tiruvchi hasharotlar qurtida parazit- lik qiladi; ular odam tanasiga tushsa, teri kasalligi — pichan qichimasini vujudga keltiradi. To’rt oyoqli K. yoki shish paydo qiluvchi K. (Eriophyidae) oilasining vakillari o’simlik b-n oziqlanib, uning shakli, barg hamda mevalari rangini o’zgartiradi, kur- taklarni nobud qiladi. Ba’zi turla- ri o’simliklar ustida erkin yashaydi, boshqalari esa shish paydo qiladi. Yirtqich K. — parazitformli va Akari- formli K. turkumlarining vakillari- dir. Mevali daraxtlar bargida, tut, tok, g’o’za, beda va sabzavot ekinlarida, bego- na o’tlar hamda o’simlik qoldiqlarida yashaydi. Serharakat. O’rgimchakkana tu- xumi, lichinkalari, nimfasi va voyaga etgan individlari, yassi tanali K. va b. mayda bo’g’imoyoqlilar b-n oziqlanadi. O’rta Osiyoda keng tarqalgan bo’lib, 11 oilaga mansub 50 ga yaqin turi ma’lum. Ko’pincha, ekinzor dalalarida va unga yondosh erlardagi begona o’tlarda uch- raydi. O’simlikxo’r K. kabi ular ham to’kilgan barglarda, daraxt po’stloqlari yoriqlarida, to’shamalarda va b. o’simlik qoldiqlarida qishlaydi. Sutkalik o’rtacha harorat 10° dan yuqori bo’lganda qishlov joylaridan chiqadi. Sug’orma dehqonchilik agrobiosenozida, aso- san, begona o’tlar hamda tut daraxt- larida to’planadi. G’o’zaga may oxiri — iyun boshlarida o’rgimchakkanadan so’ng o’tadi. Ularning mavsumiy ri- vojlanish davri bir xilda bo’lib, bu yirtqich K.ning oziqlanishi uchun yaxshi sharoit yaratadi. O’simlikxo’r zarar- kunanda K.ga qarshi biologik himoya usulida yirtqich K.dan foydalanish mumkin. Eng faol yirtqich K. fitose- ID va b. oilaga mansub turlardir. Ular issiqxonalarda etishtiriladigan bo- dringlardagi hamda bog’va tokzorlardagi o’rgimchakkanalarga qarshi qo’llaniladi. Parazit K. ikki kenja turkum — Mesostigmata va IxodidesHH o’z ichi- ga olgan parazitformli K. turku- Mining vakillaridir. Bular q.x. hayvonlari (qoramol, cho’chqa, parran- dalar) hamda odamdagi yuqumli kasal- liklar qo’zg’atuvchilarining manbai va tarqatuvchilari. Ixodidae, Argasidae, Dermanyssidae oilalarining vakil- lari eng zararli K.dir. Ko’p turlari nobud bo’lgan o’simlik qoldiklaridan iborat to’shamalarda yoki yaylovlardagi o’tlarning ildiz-bo’g’zi qismida yashi- rin hayot kechiradi. Kamharakat bo’lib, katta maydonlarga faol tarqala ol- maydi. K.ga qarshi akarisidlar va bio- logik himoya usulidan foydalaniladi. Ad.: Al i Muxamedov S. N. i dr. Vred- Nie i poleznie kletshi Sredney Azii, T., 1982. Sulton Alimuhamedov.