Kanaryov Viktor Pavlovich

Kanaryov Viktor Pavlovich (1907.10.3, Qo’qon — 1965) — 2-jahon urushi qatnashchisi. 1927 yildan harbiy dengiz flotida. 1929 yil Harbiy dengiz aviatsiya bilim yurtini, 1936 yil Oliy uchish-taktika maktabini tugatgan. 1941 yildan frontda. 5-gvardiyachi aviatsiya Polki (harbiy havo kuchlari qora dengiz flotining 1-mina torpeda aviasiya diviziyasi) komandiri. U komandirlik qilgan polk jangda katta jasorat ko’rsatgan. 1944 yil 16 mayda gvardiyachi podpolkovnik Kanaryov Qahramon unvoniga sazovor bo’lgan. Urushdan so’ng harbiy dengiz floti aviatsiyasida xizmatni davom ettirgan. 1961 yildan iste’foda. Qo’qondagi ko’chalardan biriga uning nomi berilgan.